{"version":"1.0","provider_name":"Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ","provider_url":"https:\/\/migrant.uz\/uz","author_name":"\u0420\u0435\u0434\u0430\u043a\u0442\u043e\u0440","author_url":"https:\/\/migrant.uz\/uz\/author\/maftuna\/","title":"ENA - Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ","type":"rich","width":600,"height":338,"html":"<blockquote class=\"wp-embedded-content\" data-secret=\"WdCjgS4CpY\"><a href=\"https:\/\/migrant.uz\/uz\/ena\/\">ENA<\/a><\/blockquote><iframe sandbox=\"allow-scripts\" security=\"restricted\" src=\"https:\/\/migrant.uz\/uz\/ena\/embed\/#?secret=WdCjgS4CpY\" width=\"600\" height=\"338\" title=\"&#8220;ENA&#8221; &#8212; Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ\" data-secret=\"WdCjgS4CpY\" frameborder=\"0\" marginwidth=\"0\" marginheight=\"0\" scrolling=\"no\" class=\"wp-embedded-content\"><\/iframe><script type=\"text\/javascript\">\n\/* <![CDATA[ *\/\n\/*! This file is auto-generated *\/\n!function(d,l){\"use strict\";l.querySelector&&d.addEventListener&&\"undefined\"!=typeof URL&&(d.wp=d.wp||{},d.wp.receiveEmbedMessage||(d.wp.receiveEmbedMessage=function(e){var t=e.data;if((t||t.secret||t.message||t.value)&&!\/[^a-zA-Z0-9]\/.test(t.secret)){for(var s,r,n,a=l.querySelectorAll('iframe[data-secret=\"'+t.secret+'\"]'),o=l.querySelectorAll('blockquote[data-secret=\"'+t.secret+'\"]'),c=new RegExp(\"^https?:$\",\"i\"),i=0;i<o.length;i++)o[i].style.display=\"none\";for(i=0;i<a.length;i++)s=a[i],e.source===s.contentWindow&&(s.removeAttribute(\"style\"),\"height\"===t.message?(1e3<(r=parseInt(t.value,10))?r=1e3:~~r<200&&(r=200),s.height=r):\"link\"===t.message&&(r=new URL(s.getAttribute(\"src\")),n=new URL(t.value),c.test(n.protocol))&&n.host===r.host&&l.activeElement===s&&(d.top.location.href=t.value))}},d.addEventListener(\"message\",d.wp.receiveEmbedMessage,!1),l.addEventListener(\"DOMContentLoaded\",function(){for(var e,t,s=l.querySelectorAll(\"iframe.wp-embedded-content\"),r=0;r<s.length;r++)(t=(e=s[r]).getAttribute(\"data-secret\"))||(t=Math.random().toString(36).substring(2,12),e.src+=\"#?secret=\"+t,e.setAttribute(\"data-secret\",t)),e.contentWindow.postMessage({message:\"ready\",secret:t},\"*\")},!1)))}(window,document);\n\/* ]]> *\/\n<\/script>\n","thumbnail_url":"https:\/\/migrant.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/tild6262_6265_4038_a238_356135633462_dilruh_isomiddinova_1038x576.jpg","thumbnail_width":860,"thumbnail_height":473,"description":"Dehqon egatidek taram-taram qirlar ufqqa qadar bir-biriga ulanib ketgan. Adirning nishabliklari uzra yakkam-dukkam loy suvoqli past-baland uylar qad rostlagan. Qum shag\u2018al aralash bo\u2018z tuproq aro bo\u2018tako\u2018z, jingak va karrak kabi qurib qovjiragan o\u2018simliklar, ahyon-ahyonda esuvchi jin shamol maqomiga hamohang chayqalib qo\u2018yadi. Qorning sovug\u2018ini yodga soluvchi izg\u2018irin, qishloq bolalariga cho\u2018t emas Ikki qirning qiya tomoniga guvaladek keladigan juft toshlarni darvoza qilib belgilagan bolalar, chala shishirilgan, rangi-quti o\u2018chib, pittig\u2018i chiqib ketgan koptokni tepish bilan ovora. Simillagan sovuq tanasidan o\u2018tganidan bexabar, dam-badam burnini torta-torta chopib yurishibdi. G\u2018ozlar galasidek g\u2018ala-g\u2018ovur shovqinsib o\u2018ynayotgan bolalar ilkis jimib qolishadi. Nishablikka tepilgan to\u2018p o\u2018z holicha iziga qaytib shundoqqina bolalar oyog\u2018i orasidan yumalab ketdi. Osmonga nigohi qadalgan Nortoyning ko\u2018zlari halqa-halqa yoshga do\u2018ndi. Lojuvard kenglik ichra o\u2018zidan oppoq iz qoldirib samolyot uchib bormoqda. Bolalar ichida kimdir chuqur-chuqur xo\u2018rsinar, kimdir og\u2018ir so\u2018lish olardi. Eski, kiyilaverib yaltirab yag\u2018iri chiqib ketgan kurtkasining zamogini goh tepaga, goh pastga tushirib ermaklayotgan o\u2018n yoshlar atrofidagi jingalak sochli, tim qora teran ko\u2018zli, o\u2018rta bo\u2018yli jikkakkina Nortoy tengqurlariga zimdan ko\u2018z tashladi. Shu payt adir manglayida, qoshi-ko\u2018zi pilikdek, bitta qilib o\u2018rilgan kashtanrang sochlari ipak ro\u2018moli ostidan chiqib beli uzra nag\u2018malanib turgan qiz ko\u2018rinadi. Yuvilaverib, ohori to\u2018kilgan qirmiz gulli ko\u2018ylagi ustidan, ilib olgan yengsiz, astari uvada nimtasining yirtiq-yamoq joylarini kaftlari bilan berkitgan ko\u2018yi atrofga alanglaydi. Kaftini peshonasiga tirkab maydon o\u2018rtasida uymalashib turgan bolalar tomon ovoz beradi. \u2013 Nortoyu-uv! Hoy Nortoy! Nortoy ko\u2018zlarini pirpiratib, yutinib olgach, baland ovozda chaqiriqqa javob qaytaradi. \u2013 Ho-ov? \u2013 Kech bo\u2018ldi. Qo\u2018y-echkilaringni haydab kemaysanma? \u2013 Xo\u2018p, hazir boraman! Bolakay qir betida to\u2018ydagi sochmadek sochilib, joyma-joy o\u2018tlab yurgan qo\u2018y-echkilari sari odimladi. Zum o\u2018tmay qo\u2018y-echkilarini oldiga solib, do\u2018nglik ustida poylab turgan opasi yoniga keladi. Mehrinoz uni jilmaygancha qarshilar ekan: \u2013 Keldingmi Toy, \u2013 deya sochlarini yengil siypalab qo\u2018ydi. Bunga javoban tasdiq ma\u2019nosida bosh irg\u2018agan Nortoy, indamaygina suruv ortidan ergashadi. Bir necha odim otgach, to\u2018satdan nimadir yodiga tushganday to\u2018xtab, ilkis ortiga qayrilib opasiga qaraydi: \u2013 Opa&#8230; tirik yetim, degani nima? Qiz Nortoyning og\u2018zidan chiqqan bu so\u2018zdan so\u2018ng, go\u2018yo tosh qotgan tog\u2018lardek serrayib, holsiz turib qoladi. Bu so\u2018z beixtiyor qizni xotiralar komiga sudrab ketadi. * * * Mehrinoz tunda uyg\u2018onib, tepasida yig\u2018lab o\u2018tirgan onasiga ko\u2018zi tushdi. Tushimi, o\u2018ngimi anglolmay biroz dovdirab, ko\u2018zini barmog\u2018i bilan ishqalagan kuyi onasidan so\u2018radi. \u2013 Ena, nima bo\u2018ldi?! Yig\u2018idan o\u2018pkasini bosolmay Nursuluv tutilib-tutilib javob qaytardi. \u2013 O\u2018zim&#8230;o\u2018zim qizim. Bezovta bo\u2018lma, uxlay qol. Mehrinoz yostiqqa bosh qo\u2018ygach ham onasi piqillab yig\u2018lashdan to\u2018xtamaganini eshitib hayronlari sarson bo\u2018lib yotdi. Azbaroyi uyqu zo\u2018rlik qilib, yana ko\u2018zi ilinganida onasining beozor turtkilashidan erinibgina ko\u2018zini ochdi. Uxladimi, yo\u2018qmi bilmay qoldi. Shuurida ko\u2018zlarini bir yumib ochgandek bo\u2018ldi. Allaqachon fason bo\u2018lib olgan ayol xuddi muhim sirni yashirgandek, ko\u2018rsatkich barmog\u2018ini lablariga bosib, uni o\u2018ziga imladi. \u2013 Jim, ukalaring uyg\u2018onib ketmasin, \u2013 deya shivirlab uyqusi ochilmagan qizni ayvonga yetaklab chiqdi. Nima bo\u2018layotganini anglay olmagan Mehrinozni ikki kiftidan tutgancha ayol pichirladi. \u2013 Mehrijon men Maskovga ketayapman, qizim! Qiz hayrat aralash uyqusi o\u2018chib katta-katta ko\u2018zlari bilan onasiga tikildi. \u2013 Qanday qilib&#8230; bu nima deganingiz ena? Ayol yig\u2018idan qizargan ko\u2018zlaridagi yoshni yengi bilan arta-arta, so\u2018niq bir ovozda javob berdi. \u2013 Otang menga ish tovubdi. Qiz yum-yum yig\u2018lab, onasining qadoq qo\u2018llarini [&hellip;]"}