{"version":"1.0","provider_name":"Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ","provider_url":"https:\/\/migrant.uz\/uz","author_name":"\u0420\u0435\u0434\u0430\u043a\u0442\u043e\u0440","author_url":"https:\/\/migrant.uz\/uz\/author\/maftuna\/","title":"Rossiyada ishda xavfsizlik texnikasi va tibbiy xizmat - Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ","type":"rich","width":600,"height":338,"html":"<blockquote class=\"wp-embedded-content\" data-secret=\"NzM3PsHhXN\"><a href=\"https:\/\/migrant.uz\/uz\/rossiyada-ishda-xavfsizlik-texnikasi-va-tibbiy-xizmat\/\">Rossiyada ishda xavfsizlik texnikasi va tibbiy xizmat<\/a><\/blockquote><iframe sandbox=\"allow-scripts\" security=\"restricted\" src=\"https:\/\/migrant.uz\/uz\/rossiyada-ishda-xavfsizlik-texnikasi-va-tibbiy-xizmat\/embed\/#?secret=NzM3PsHhXN\" width=\"600\" height=\"338\" title=\"&#8220;Rossiyada ishda xavfsizlik texnikasi va tibbiy xizmat&#8221; &#8212; Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ\" data-secret=\"NzM3PsHhXN\" frameborder=\"0\" marginwidth=\"0\" marginheight=\"0\" scrolling=\"no\" class=\"wp-embedded-content\"><\/iframe><script type=\"text\/javascript\">\n\/* <![CDATA[ *\/\n\/*! This file is auto-generated *\/\n!function(d,l){\"use strict\";l.querySelector&&d.addEventListener&&\"undefined\"!=typeof URL&&(d.wp=d.wp||{},d.wp.receiveEmbedMessage||(d.wp.receiveEmbedMessage=function(e){var t=e.data;if((t||t.secret||t.message||t.value)&&!\/[^a-zA-Z0-9]\/.test(t.secret)){for(var s,r,n,a=l.querySelectorAll('iframe[data-secret=\"'+t.secret+'\"]'),o=l.querySelectorAll('blockquote[data-secret=\"'+t.secret+'\"]'),c=new RegExp(\"^https?:$\",\"i\"),i=0;i<o.length;i++)o[i].style.display=\"none\";for(i=0;i<a.length;i++)s=a[i],e.source===s.contentWindow&&(s.removeAttribute(\"style\"),\"height\"===t.message?(1e3<(r=parseInt(t.value,10))?r=1e3:~~r<200&&(r=200),s.height=r):\"link\"===t.message&&(r=new URL(s.getAttribute(\"src\")),n=new URL(t.value),c.test(n.protocol))&&n.host===r.host&&l.activeElement===s&&(d.top.location.href=t.value))}},d.addEventListener(\"message\",d.wp.receiveEmbedMessage,!1),l.addEventListener(\"DOMContentLoaded\",function(){for(var e,t,s=l.querySelectorAll(\"iframe.wp-embedded-content\"),r=0;r<s.length;r++)(t=(e=s[r]).getAttribute(\"data-secret\"))||(t=Math.random().toString(36).substring(2,12),e.src+=\"#?secret=\"+t,e.setAttribute(\"data-secret\",t)),e.contentWindow.postMessage({message:\"ready\",secret:t},\"*\")},!1)))}(window,document);\n\/* ]]> *\/\n<\/script>\n","thumbnail_url":"https:\/\/migrant.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/Migrant-3-2.jpg","thumbnail_width":2304,"thumbnail_height":1296,"description":"\u201cRossiyada muhojir ehtiyotsizlik oqibatida 3-qavatdan quladi\u201d. \u201cRostovda muhojir syexda qo\u2018lidan ayrildi\u201d. Bu kabi xunuk xabarlarni, afsuski, tez-tez o\u2018qib turamiz. Buning asosiy sababi odamlarning xavfsizlik texnikasiga amal qilmasligi. Xavfsizlik texnikasi bu hayotingiz va sog\u2018lig\u2018ingiz bilan bog\u2018liq tartib-qoida. Unga amal qilmaslik \u2013 eng katta xato! Rossiyada mehnat muhofazasi \u201cMehnat kodeksi\u201d va tegishli sohaviy normativlar bilan tartibga solinadi. Ish joyingiz qanday bo\u2018lishidan qat\u2019i nazar, siz ishni boshlashdan avval yo\u2018l-yo\u2018riq ko\u2018rsatmalari, ya\u2019ni instruktaj olishga haqlisiz va majbursiz. Masalan, siz qurilishda ishlayotgan bo\u2018lsangiz, balandlikda ishlash qoidalari, himoya vositalaridan foydalanish, elektr jihozlari bilan muomala kabi xavfsizlik choralarini bilishingiz shart. -ishxonangiz tomonidan belgilangan havfsizlik qoidalariga ham ish joyida jiddiy amal qiling; ushbu qoidalarga hayotingizda faqat bir marta amal qilmasligingiz bir umr tuzatib bo\u2018lmaydigan ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin; &#8211; ish sohasi va ish turiga qarab shaxsiy himoya kiyimlari, vositalari va anjomlari ish beruvchi tomonidan sizga ta\u2019minlanishi kerak. Agar ish joyida xavfsizlik qoidalari buzilayotgan bo\u2018lsa yoki sizga mos kelmaydigan ishni bajarish buyurilsa, siz bu ishni rad etishingiz mumkin. Ish beruvchi bunga javoban sizni jazolashga haqli emas. Baxtsiz hodisa yuz bersa, darhol rahbariyatga, kasaba uyushmasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bering. Rossiyada favqulodda xizmatlar uchun 112 tezkor raqami doim ishlab turadi. Tibbiy yordamga murojaat qilishdan tortinmang! &#8211; sog\u2018lig\u2018ingiz yomonlashganida yoki jarohat olganingizda chidab yurmang, shifokorga uchrang. Agar kasalxonaga o\u2018zingiz borolmasangiz, 103 raqamiga qo\u2018ng\u2018iroq qilib, tez tibbiy yordamni chaqiring. Tez tibbiy yordam barcha uchun bepul. Rossiyada chet el fuqarolariga tibbiy xizmat ko\u2018rsatish qoidalari quyidagilardan iborat: &#8211; Hayotga tahdid soluvchi o\u2018tkir kasalliklar yoki holatlarda shoshilinch tibbiy yordam bepul ko\u2018rsatiladi. &#8211; Baxtsiz hodisalar, jarohatlar, zaharlanishlar va boshqa shoshilinch holatlarda tez yordam \u2014 davlat va munisipal tibbiy muassasalarda bepul, xususiy muassasalarda pullik. &#8211; Sil, ya\u2019ni tuberkulyoz kabi jamiyat uchun xavfli kasalliklar bilan kasallanganda tibbiy yordam bepul ko\u2018rsatiladi. &#8211; Qolgan barcha tibbiy yordam turlari shartnomalar yoki tibbiy sug\u2018urta polislari bo\u2018yicha pullik ko\u2018rsatiladi. Patent olishda DMS, ya\u2019ni qo\u2018shimcha tibbiy sug\u2018urta polisi rasmiylashtiriladi. Polis hujjatida qanday kasalliklarni qoplashi haqida ma\u2019lumot yozilgan bo\u2018ladi. Lekin, bunday polis ko\u2018plab holatlarda tibbiy xizmatlar xarajatini qoplamaydi. Har bir davlat shifoxonasi yoki poliklinikasida pullik tibbiy xizmat olish imkoni mavjud. Rossiyada tibbiy xizmatlar qimmatligini hisobga olib, ketishdan oldin profilaktik tibbiy tekshiruv va kerakli muolajalarni olish tavsiya qilinadi. Agar ish vaqtida sog\u2018lig\u2018ingizga zarar yetgudek bo\u2018lsa: Vaqtincha mehnatga yaroqsizlik nafaqasini olishga, Tibbiy xizmatdan foydalanishga, Ish beruvchidan tovon talab qilishga haqlisiz. Xulosa qiladigan bo\u2018lsak, xavfsizlik texnikasi \u2014 bu faqat quruq gap emas, balki hayotingiz garovi. Sog\u2018lig\u2018ingiz esa sizning eng katta boyligingiz. O\u2018zingizni asrang!"}