{"id":29609,"date":"2024-12-19T08:28:09","date_gmt":"2024-12-19T05:28:09","guid":{"rendered":"https:\/\/migrant.uz\/?p=29609"},"modified":"2024-12-19T08:28:09","modified_gmt":"2024-12-19T05:28:09","slug":"terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/migrant.uz\/uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/","title":{"rendered":"Terrorchilikda gumon qilingan shaxs O\u2018zbekiston fuqarosimi yoki Rossiya?"},"content":{"rendered":"<p>18-dekabr kuni ertalab OAV Moskvadagi terrorchilikda gumon qilingan ikki shaxsning qo\u2018lga olingani haqida xabar berdi. Keyinchalik Rossiya \u00ab\u0424\u0421\u0411\u00bbsi jinoyat ijrochisining so\u2018roqqa tutish videosini e\u2019lon qildi \u2013 gumonlanuvchi 1995-yilda tug\u2018ilgan O\u2018zbekiston fuqarosi bo\u2018lib chiqdi. Shu bilan birga, ayrim OAV, masalan, \u201c\u041a\u0443\u0431\u0430\u043d\u0441\u043a\u0438\u0435 \u041d\u043e\u0432\u043e\u0441\u0442\u0438\u201d nashri ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, gumonlanuvchi aslida Rossiya fuqaroligini olgan sobiq o\u2018zbekistonlikdir, u bir necha kun oldin Moskvaga atay jinoyatni sodir etish uchun kelgan. Hodisa bilan bog\u2018liq bo\u2018lgan ma\u2019lumotlar va qiziqarli tafsilotlarni keltirib <a href=\"https:\/\/kubnews.ru\/obshchestvo\/2024\/12\/18\/deputaty-nazvali-sposob-ogradit-rossiyan-ot-migrantov-terroristov\/\">o\u2018tamiz<\/a>.<\/p>\n<p><strong>Nima bo\u2018ldi?<\/strong><\/p>\n<p>17-dekabr kuni Moskva shahrida Radiatsiya, kimyo va biologik himoya qo\u2018shinlari rahbari Igor Kirillov yashaydigan ko\u2018p qavatli uyning kirish joyi oldida portlash sodir bo\u2018ldi. Natijada general va uning haydovchisi vafot etdi. Jinoyatning ertasi kuni rasmiy idoralar jinoyatda 1995-yilda tug\u2018ilgan O\u2018zbekiston fuqarosi gumon qilinayotganini ma\u2019lum qildi. Ushbu ma\u2019lumot bilan birga gumon qilinuvchi Ukrainaning maxsus xizmatlari tomonidan yollangani, ularning topshirig\u2018i bilan Moskvaga kelgani va xarid qilingan elektrosamokatga portlovchi qurilmani o\u2018rnatganini tan olgan videosi e\u2019lon qilindi. Terrorchilik hujumi uchun javobgarlikni Ukraina Xavfsizlik Xizmati (\u0421\u0411\u0423) o\u2018z zimmasiga olgani aytilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Tashqi ishlar vazirligi esa general Kirillovning o\u2018limida gumon qilinayotgan shaxsning qo\u2018lga olingani haqida izoh berayotib, gumonlanuvchining ma\u2019lumotlari aniqlashtirilishini xabar berdi, deb yozgan \u0420\u0418\u0410 \u041d\u043e\u043e\u0432\u043e\u0441\u0442\u0438.<\/p>\n<p><strong>Gumondorlarning iziga qanday tushilgan?<\/strong><\/p>\n<p>18-dekabr kuni ertalab \u00ab\u041a\u043e\u043c\u043c\u0435\u0440\u0441\u0430\u043d\u0442\u00bb va \u00ab\u0418\u0437\u0432\u0435\u0441\u0442\u0438\u044f\u00bb gazetalari general Kirillovning o\u2018ldirilishida gumon qilingan ikki shaxs qo\u2018lga olingani haqida xabar berdi.<\/p>\n<p>\u00ab\u041a\u043e\u043c\u043c\u0435\u0440\u0441\u0430\u043d\u0442\u00bbning yozishicha, huquqni muhofaza qilish organlari gumondorlarning iziga voqea joyida bo\u2018lgan ikkita shubhali avtomobilni kuzatib, tushgan. Mashinalar videokuzatuv kameralariga tushib qolgan. Jinoyat tashkilotchilari ijrochilarga messenjerlar orqali Ukraina Xavfsizlik Xizmati (\u0421\u0411\u0423) xodimining kontaktini berishgan. Nashrga ko\u2018ra, jinoyat deyarli fosh etilgan.<\/p>\n<p>Ko\u2018p o\u2018tmay, kuchishlatar tizimlarining rasmiy bayonotlari paydo bo\u2018ldi. Ayni paytda ularda faqat bitta gumondor \u2013 O\u2018zbekiston fuqarosi haqida gap ketmoqda. Ikkinchi ijrochi haqidagi ma\u2019lumot hali rasmiy tasdiqlanmagan.<\/p>\n<p>Biroq, ikkinchi ijrochining shaxsi tergov manfaatlari uchun yashirilayotgani ehtimoldan xoli emas. \u00ab\u041c\u0418\u0413 \u0420\u043e\u0441\u0441\u0438\u0438\u00bb telegram-kanali ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, gumondorlar 17-dekabr kuni qo\u2018lga olingan, ammo \u201cijrochilardan buyurtmachilargacha\u201d bo\u2018lgan zanjirni fosh etish uchun bu ma\u2019lumot oshkor qilinmagan.<\/p>\n<p><strong>Gumondor bilan nima bo\u2018ladi?<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston fuqarosi uzoqqa qochib ulgurmagan. U Moskva viloyatining Balashixa shahri Chornoye qishlog\u2018ida qo\u2018lga olingan. Jinoyat joyidan bu aholi punkti avtomobilda 30 km uzoqlikda joylashgan.<\/p>\n<p>Telegram-kanallar va matbuot tez orada gumondorning taxminiy ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini topgan. Ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, erkakning ismi Ahmad Qurbonov. \u201cShot\u201d telegram-kanali yozishicha, gumonlanuvchi Moskvaga avval ham kelgan, 2015-yilda u poytaxtdagi choyxonada ishlagan. Keyinchalik O\u2018zbekistonga qaytib ketgan. Boshqa nashrlar esa, xususan, \u00ab\u041a\u0443\u0431\u0430\u043d\u0441\u043a\u0438\u0435 \u041d\u043e\u0432\u043e\u0441\u0442\u0438\u00bb ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, gumondor aslida Rossiya fuqarosi bo\u2018lib, yaqinda atay portlashni amalga oshirish uchun Moskvaga kelgan.<\/p>\n<p>Jinoyat ishi to\u2018rtta modda bo\u2018yicha ochilgani aytilmoqda \u2014 terrorchilik hujumi, qotillik, portlovchi moddalar yoki qurilmalarni noqonuniy saqlash va ularni noqonuniy tayyorlash.<\/p>\n<p><em><strong>\u201cU sodir etgan jinoyatlar uchun unga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin\u201d<\/strong><\/em>, \u2013 deya qo\u2018shimcha qiladi \u00ab\u0424\u0421\u0411\u00bb. Voqeaga aloqador Ukraina maxsus xizmatlari xodimlari munosib jazo olishadi, deya idora o\u2018zining rasmiy bayonotida va\u2019da bergan.<\/p>\n<p><strong>Buyurtmachi kim?<\/strong><\/p>\n<p><em><strong>\u00abUshbu karshering mashinasidagi kameradan tasvir Dnepr shahridagi terrorchilik hujumi tashkilotchilariga onlayn-translyatsiya qilib borilgan. Harbiylar uyidan chiqib ketgani haqidagi signal yetib kelgach, portlovchi qurilma ular tomonidan masofadan portlatilgan\u00bb<\/strong><\/em>, \u2013 deya ma\u2019lum qildi Rossiya Tergov Qo\u2018mitasi (\u0421\u041a \u0420\u0424).<\/p>\n<p>Dneprdan kim kuzatgani va kim portlashga buyruq bergani haqida aniqlik kiritilmagan. Shuningdek, O\u2018zbekiston fuqarosi bombani kimdan qabul qilgani va uni kim tayyorlagani ham ma\u2019lum emas.<\/p>\n<p>\u201c\u0424\u0421\u0411\u201d bayonotida ham shunga o\u2018xshash ma\u2019lumotlar keltirilgan. Idoraning ta\u2019kidlashicha, kuzatuv uchun Wi-Fi-videokamera qo\u2018llanilgan, qo\u2018lda yig\u2018ilgan portlovchi qurilma esa \u00abkuchli quvvatga\u00bb ega bo\u2018lgan.<\/p>\n<p><em><strong>\u00abO\u2018zbekka qayerdan samokatni olishni aytishgan. U olib kelgan \u2014 qo\u2018ygan \u2014 mashinada o\u2018tirib kutgan \u2014 portlash \u2014 yashirinishga urinish \u2014 qo\u2018lga olish. Mana shunday ssenariy. U portlovchi moddani o\u2018zi o\u2018rnatgani borasida yolg\u2018on gapirayotgan bo\u2018lishi mumkin, deb o\u2018ylaymiz. Yoki o\u2018zbek ham muhandis yoki ham mina qo\u2018yuvchi ekanmi?\u00bb<\/strong><\/em> \u2014 deya mulohaza yuritadi \u201c\u0410\u0440\u0445\u0430\u043d\u0433\u0435\u043b \u0441\u043f\u0435\u0446\u043d\u0430\u0437\u0430 Z\u201d telegram-kanali.<\/p>\n<p>Generalning o\u2018ldirilishida Ukraina maxsus xizmatlari turganini 17-dekabr kuni bir necha g\u2018arb OAVlari xabar qilgan. Kiyev uni harbiy jinoyatchi va \u00abmutlaqo qonuniy nishon\u00bb deb hisoblaganini Reuters agentli yozgan.<\/p>\n<p>Kirillov Ukraina mojarosi boshlanganidan beri jangovar harakatlar doirasidan tashqarida o\u2018ldirilgan eng yuqori martabali Rossiya harbiysi bo\u2018ldi, deb yozadi AQShning \u201cThe Washington Post\u201d gazetasi. U <strong>\u00abmutlaqo qonuniy nishon bo\u2018lgan, chunki u Ukrainaga qarshi taqiqlangan kimyoviy qurolni qo\u2018llashga buyruq bergan\u00bb<\/strong>, deb anonim ukrainalik rasmiyning so\u2018zlarini keltiradi nashr.<\/p>\n<p>Rossiyaning son va qudrat jihatdan ustun Qurolli Kuchlariga qarshi turgan Ukraina uchun qotillik kabi noan\u2019anaviy taktikalardan foydalanish javob qaytarishning muhim usuli sifatida ko\u2018riladi, deya ta\u2019rif beradi Sky News telekanali.<\/p>\n<p>Britaniya nashri agar Kiyevning aloqadorligi isbotlansa, bu <strong>\u00abKremlni tashvishga soladi va xavfsizlik tizimidagi sharmandali zaiflikni ko\u2018rsatadi\u00bb<\/strong>, deb yozadi.<\/p>\n<p>Kirillovning o\u2018ldirilishi Ukraina maxsus xizmatlari hali ham \u00abo\u2018ta xavfli\u00bb ekanini ko\u2018rsatmoqda, deb mulohaza yuritadi \u201cThe Economist\u201d. <strong>\u00abUkraina agentlari Moskvaning o\u2018zida Rossiya Qurolli Kuchlarining yuqori qo\u2018mondonligini nishonga olishlari mumkinligi haqida signal yubordi\u00bb<\/strong>, deyiladi maqolada. Nashrning fikriga ko\u2018ra, Rossiya Ukrainada shunga o\u2018xshash kampaniyani amalga oshira olmaydi va, ehtimol, raketa zarbalari bilan javob beradi.<\/p>\n<p><strong>\u00abGeneralning o\u2018ldirilishi Moskvadagi \u201cnormal\u201d muhitni teshib o\u2018tadi\u00bb<\/strong>, \u2014 deb ta\u2019riflaydi voqeani \u201cBBC\u201d. <strong>\u00abBu qisqa jarayon bo\u2018ldi. Ukraina bosh prokurori Kirillovni kimyoviy qurolni qo\u2018llashda ayblaganidan atigi 20 soat o\u2018tib, Moskva shahrida qatl hukmi ijro etildi\u00bb<\/strong>, deya istehzo qiladi rusofob pozitsiyasi bilan tanilgan nemis jurnalisti Yulian Repke.<\/p>\n<p>G\u2018arb rasmiylari generalning o\u2018ldirilishiga deyarli hech qanday izoh bermagan. BMT esa odatdagidek barchani tinchlikka va sabr-toqatga chaqirdi.<\/p>\n<p><strong>Migrantlarga nima bo\u2018ladi?<\/strong><\/p>\n<p>Mazkur hodisa terrorchilik akti sifatida baholanayotganligi va \u201cCrocus city hall\u201ddagi fojia bilan taqqoslanayotganligi sababli, migrantlarga nisbatan chegaradan o\u2018tish jarayonida yanada qattiqroq tekshiruvlar joriy etilishi va jamiyatda esa ksenofobiya kuchayishi kutilmoqda.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>18-dekabr kuni ertalab OAV Moskvadagi terrorchilikda gumon qilingan ikki shaxsning qo\u2018lga olingani haqida xabar berdi. Keyinchalik Rossiya \u00ab\u0424\u0421\u0411\u00bbsi jinoyat ijrochisining so\u2018roqqa tutish videosini e\u2019lon qildi \u2013 gumonlanuvchi 1995-yilda tug\u2018ilgan O\u2018zbekiston fuqarosi bo\u2018lib chiqdi. Shu bilan birga, ayrim OAV, masalan, \u201c\u041a\u0443\u0431\u0430\u043d\u0441\u043a\u0438\u0435 \u041d\u043e\u0432\u043e\u0441\u0442\u0438\u201d nashri ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, gumonlanuvchi aslida Rossiya fuqaroligini olgan sobiq o\u2018zbekistonlikdir, u bir necha kun oldin Moskvaga atay jinoyatni sodir etish uchun kelgan. Hodisa bilan bog\u2018liq bo\u2018lgan ma\u2019lumotlar va qiziqarli tafsilotlarni keltirib o\u2018tamiz. Nima bo\u2018ldi? 17-dekabr kuni Moskva shahrida Radiatsiya, kimyo va biologik himoya qo\u2018shinlari rahbari Igor Kirillov yashaydigan ko\u2018p qavatli uyning kirish joyi oldida portlash sodir bo\u2018ldi. Natijada general va uning haydovchisi vafot etdi. Jinoyatning ertasi kuni rasmiy idoralar jinoyatda 1995-yilda tug\u2018ilgan O\u2018zbekiston fuqarosi gumon qilinayotganini ma\u2019lum qildi. Ushbu ma\u2019lumot bilan birga gumon qilinuvchi Ukrainaning maxsus xizmatlari tomonidan yollangani, ularning topshirig\u2018i bilan Moskvaga kelgani va xarid qilingan elektrosamokatga portlovchi qurilmani o\u2018rnatganini tan olgan videosi e\u2019lon qilindi. Terrorchilik hujumi uchun javobgarlikni Ukraina Xavfsizlik Xizmati (\u0421\u0411\u0423) o\u2018z zimmasiga olgani aytilmoqda. O\u2018zbekiston Tashqi ishlar vazirligi esa general Kirillovning o\u2018limida gumon qilinayotgan shaxsning qo\u2018lga olingani haqida izoh berayotib, gumonlanuvchining ma\u2019lumotlari aniqlashtirilishini xabar berdi, deb yozgan \u0420\u0418\u0410 \u041d\u043e\u043e\u0432\u043e\u0441\u0442\u0438. Gumondorlarning iziga qanday tushilgan? 18-dekabr kuni ertalab \u00ab\u041a\u043e\u043c\u043c\u0435\u0440\u0441\u0430\u043d\u0442\u00bb va \u00ab\u0418\u0437\u0432\u0435\u0441\u0442\u0438\u044f\u00bb gazetalari general Kirillovning o\u2018ldirilishida gumon qilingan ikki shaxs qo\u2018lga olingani haqida xabar berdi. \u00ab\u041a\u043e\u043c\u043c\u0435\u0440\u0441\u0430\u043d\u0442\u00bbning yozishicha, huquqni muhofaza qilish organlari gumondorlarning iziga voqea joyida bo\u2018lgan ikkita shubhali avtomobilni kuzatib, tushgan. Mashinalar videokuzatuv kameralariga tushib qolgan. Jinoyat tashkilotchilari ijrochilarga messenjerlar orqali Ukraina Xavfsizlik Xizmati (\u0421\u0411\u0423) xodimining kontaktini berishgan. Nashrga ko\u2018ra, jinoyat deyarli fosh etilgan. Ko\u2018p o\u2018tmay, kuchishlatar tizimlarining rasmiy bayonotlari paydo bo\u2018ldi. Ayni paytda ularda faqat bitta gumondor \u2013 O\u2018zbekiston fuqarosi haqida gap ketmoqda. Ikkinchi ijrochi haqidagi ma\u2019lumot hali rasmiy tasdiqlanmagan. Biroq, ikkinchi ijrochining shaxsi tergov manfaatlari uchun yashirilayotgani ehtimoldan xoli emas. \u00ab\u041c\u0418\u0413 \u0420\u043e\u0441\u0441\u0438\u0438\u00bb telegram-kanali ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, gumondorlar 17-dekabr kuni qo\u2018lga olingan, ammo \u201cijrochilardan buyurtmachilargacha\u201d bo\u2018lgan zanjirni fosh etish uchun bu ma\u2019lumot oshkor qilinmagan. Gumondor bilan nima bo\u2018ladi? O\u2018zbekiston fuqarosi uzoqqa qochib ulgurmagan. U Moskva viloyatining Balashixa shahri Chornoye qishlog\u2018ida qo\u2018lga olingan. Jinoyat joyidan bu aholi punkti avtomobilda 30 km uzoqlikda joylashgan. Telegram-kanallar va matbuot tez orada gumondorning taxminiy ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini topgan. Ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, erkakning ismi Ahmad Qurbonov. \u201cShot\u201d telegram-kanali yozishicha, gumonlanuvchi Moskvaga avval ham kelgan, 2015-yilda u poytaxtdagi choyxonada ishlagan. Keyinchalik O\u2018zbekistonga qaytib ketgan. Boshqa nashrlar esa, xususan, \u00ab\u041a\u0443\u0431\u0430\u043d\u0441\u043a\u0438\u0435 \u041d\u043e\u0432\u043e\u0441\u0442\u0438\u00bb ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, gumondor aslida Rossiya fuqarosi bo\u2018lib, yaqinda atay portlashni amalga oshirish uchun Moskvaga kelgan. Jinoyat ishi to\u2018rtta modda bo\u2018yicha ochilgani aytilmoqda \u2014 terrorchilik hujumi, qotillik, portlovchi moddalar yoki qurilmalarni noqonuniy saqlash va ularni noqonuniy tayyorlash. \u201cU sodir etgan jinoyatlar uchun unga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin\u201d, \u2013 deya qo\u2018shimcha qiladi \u00ab\u0424\u0421\u0411\u00bb. Voqeaga aloqador Ukraina maxsus xizmatlari xodimlari munosib jazo olishadi, deya idora o\u2018zining rasmiy bayonotida va\u2019da bergan. Buyurtmachi kim? \u00abUshbu karshering mashinasidagi kameradan tasvir Dnepr shahridagi terrorchilik hujumi tashkilotchilariga onlayn-translyatsiya qilib borilgan. Harbiylar uyidan chiqib ketgani haqidagi signal yetib kelgach, portlovchi qurilma ular tomonidan masofadan portlatilgan\u00bb, \u2013 deya ma\u2019lum qildi Rossiya Tergov Qo\u2018mitasi (\u0421\u041a \u0420\u0424). Dneprdan kim kuzatgani va kim portlashga buyruq bergani haqida aniqlik kiritilmagan. Shuningdek, O\u2018zbekiston fuqarosi bombani kimdan qabul qilgani va uni [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":18,"featured_media":29610,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[67,66,3,246],"tags":[2765,3334,100,195],"class_list":["post-29609","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-category-newsrus","category-category-newsuzb","category-news","category-novosti","tag-fsb-rossiya-migrantuzb","tag-oav","tag-rossiya","tag-uzbekiston"],"acf":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.7 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Terrorchilikda gumon qilingan shaxs O\u2018zbekiston fuqarosimi yoki Rossiya? - Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u0423\u0442\u0440\u043e\u043c 18 \u0434\u0435\u043a\u0430\u0431\u0440\u044f \u0421\u041c\u0418 \u0441\u043e\u043e\u0431\u0449\u0438\u043b\u0438 \u043e \u0437\u0430\u0434\u0435\u0440\u0436\u0430\u043d\u0438\u0438 \u0434\u0432\u043e\u0438\u0445 \u043f\u043e\u0434\u043e\u0437\u0440\u0435\u0432\u0430\u0435\u043c\u044b\u0445 \u0432 \u0441\u043e\u0432\u0435\u0440\u0448\u0435\u043d\u0438\u0438 \u0442\u0435\u0440\u0430\u043a\u0442\u0430. \u041f\u043e\u0437\u0436\u0435 \u0424\u0421\u0411 \u0420\u043e\u0441\u0441\u0438\u0438 \u043e\u0431\u043d\u0430\u0440\u043e\u0434\u043e\u0432\u0430\u043b\u043e \u0432\u0438\u0434\u0435\u043e \u0434\u043e\u043f\u0440\u043e\u0441\u0430 \u0438\u0441\u043f\u043e\u043b\u043d\u0438\u0442\u0435\u043b\u044f \u043f\u0440\u0435\u0441\u0442\u0443\u043f\u043b\u0435\u043d\u0438\u044f \u2013 \u0433\u0440\u0430\u0436\u0434\u0430\u043d\u0438\u043d\u0430 \u0423\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u0430\u043d\u0430 1995 \u0433\u043e\u0434\u0430 \u0440\u043e\u0436\u0434\u0435\u043d\u0438\u044f.\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Terrorchilikda gumon qilingan shaxs O\u2018zbekiston fuqarosimi yoki Rossiya? - Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"{:ru}\u0423\u0442\u0440\u043e\u043c 18 \u0434\u0435\u043a\u0430\u0431\u0440\u044f \u0421\u041c\u0418 \u0441\u043e\u043e\u0431\u0449\u0438\u043b\u0438 \u043e \u0437\u0430\u0434\u0435\u0440\u0436\u0430\u043d\u0438\u0438 \u0434\u0432\u043e\u0438\u0445 \u043f\u043e\u0434\u043e\u0437\u0440\u0435\u0432\u0430\u0435\u043c\u044b\u0445 \u0432 \u0441\u043e\u0432\u0435\u0440\u0448\u0435\u043d\u0438\u0438 \u0442\u0435\u0440\u0430\u043a\u0442\u0430. \u041f\u043e\u0437\u0436\u0435 \u0424\u0421\u0411 \u0420\u043e\u0441\u0441\u0438\u0438 \u043e\u0431\u043d\u0430\u0440\u043e\u0434\u043e\u0432\u0430\u043b\u043e \u0432\u0438\u0434\u0435\u043e \u0434\u043e\u043f\u0440\u043e\u0441\u0430 \u0438\u0441\u043f\u043e\u043b\u043d\u0438\u0442\u0435\u043b\u044f \u043f\u0440\u0435\u0441\u0442\u0443\u043f\u043b\u0435\u043d\u0438\u044f \u2013 \u0433\u0440\u0430\u0436\u0434\u0430\u043d\u0438\u043d\u0430 \u0423\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u0430\u043d\u0430 1995 \u0433\u043e\u0434\u0430 \u0440\u043e\u0436\u0434\u0435\u043d\u0438\u044f.{:}\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/migrantuz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-12-19T05:28:09+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/migrant.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/250825092_0_132_2500_1538_2072x0_60_0_0_02568d37c225ebdedef0f7aa0a1255f8.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"2072\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"1165\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"\u0420\u0435\u0434\u0430\u043a\u0442\u043e\u0440\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"\u0420\u0435\u0434\u0430\u043a\u0442\u043e\u0440\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/\"},\"author\":{\"name\":\"\u0420\u0435\u0434\u0430\u043a\u0442\u043e\u0440\",\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/#\/schema\/person\/773b34c5639c6650886d24576b92a229\"},\"headline\":\"Terrorchilikda gumon qilingan shaxs O\u2018zbekiston fuqarosimi yoki Rossiya?\",\"datePublished\":\"2024-12-19T05:28:09+00:00\",\"dateModified\":\"2024-12-19T05:28:09+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/\"},\"wordCount\":1806,\"publisher\":{\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/#organization\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/migrant.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/250825092_0_132_2500_1538_2072x0_60_0_0_02568d37c225ebdedef0f7aa0a1255f8.jpg\",\"keywords\":[\"#fsb #Rossiya #migrantuzb\",\"#OAV\",\"\u0420\u043e\u0441\u0441\u0438\u044f\",\"\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d\"],\"articleSection\":[\"\u0420\u043e\u0441\u0441\u0438\u044f \u0445\u0430\u0431\u0430\u0440\u043b\u0430\u0440\u0438\",\"\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0445\u0430\u0431\u0430\u0440\u043b\u0430\u0440\u0438\",\"\u0425\u0430\u0431\u0430\u0440\u043b\u0430\u0440\",\"\u0425\u0430\u0431\u0430\u0440\u043b\u0430\u0440\"],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/\",\"url\":\"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/\",\"name\":\"Terrorchilikda gumon qilingan shaxs O\u2018zbekiston fuqarosimi yoki Rossiya? - Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/migrant.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/250825092_0_132_2500_1538_2072x0_60_0_0_02568d37c225ebdedef0f7aa0a1255f8.jpg\",\"datePublished\":\"2024-12-19T05:28:09+00:00\",\"dateModified\":\"2024-12-19T05:28:09+00:00\",\"description\":\"{:ru}\u0423\u0442\u0440\u043e\u043c 18 \u0434\u0435\u043a\u0430\u0431\u0440\u044f \u0421\u041c\u0418 \u0441\u043e\u043e\u0431\u0449\u0438\u043b\u0438 \u043e \u0437\u0430\u0434\u0435\u0440\u0436\u0430\u043d\u0438\u0438 \u0434\u0432\u043e\u0438\u0445 \u043f\u043e\u0434\u043e\u0437\u0440\u0435\u0432\u0430\u0435\u043c\u044b\u0445 \u0432 \u0441\u043e\u0432\u0435\u0440\u0448\u0435\u043d\u0438\u0438 \u0442\u0435\u0440\u0430\u043a\u0442\u0430. \u041f\u043e\u0437\u0436\u0435 \u0424\u0421\u0411 \u0420\u043e\u0441\u0441\u0438\u0438 \u043e\u0431\u043d\u0430\u0440\u043e\u0434\u043e\u0432\u0430\u043b\u043e \u0432\u0438\u0434\u0435\u043e \u0434\u043e\u043f\u0440\u043e\u0441\u0430 \u0438\u0441\u043f\u043e\u043b\u043d\u0438\u0442\u0435\u043b\u044f \u043f\u0440\u0435\u0441\u0442\u0443\u043f\u043b\u0435\u043d\u0438\u044f \u2013 \u0433\u0440\u0430\u0436\u0434\u0430\u043d\u0438\u043d\u0430 \u0423\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u0430\u043d\u0430 1995 \u0433\u043e\u0434\u0430 \u0440\u043e\u0436\u0434\u0435\u043d\u0438\u044f.{:}\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/migrant.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/250825092_0_132_2500_1538_2072x0_60_0_0_02568d37c225ebdedef0f7aa0a1255f8.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/migrant.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/250825092_0_132_2500_1538_2072x0_60_0_0_02568d37c225ebdedef0f7aa0a1255f8.jpg\",\"width\":2072,\"height\":1165},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/migrant.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Terrorchilikda gumon qilingan shaxs O\u2018zbekiston fuqarosimi yoki Rossiya?\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/migrant.uz\/\",\"name\":\"\u0418\u043d\u0444\u043e\u0440\u043c\u0430\u0446\u0438\u043e\u043d\u043d\u043e-\u0441\u0435\u0440\u0432\u0438\u0441\u043d\u044b\u0439 \u043f\u043e\u0440\u0442\u0430\u043b \u0434\u043b\u044f \u043c\u0438\u0433\u0440\u0430\u043d\u0442\u043e\u0432 - MIGRANT.UZ\",\"description\":\"Migrantlar uchun axborot-xizmat portali\",\"publisher\":{\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/#organization\"},\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/migrant.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Organization\",\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/#organization\",\"name\":\"\u0418\u043d\u0444\u043e\u0440\u043c\u0430\u0446\u0438\u043e\u043d\u043d\u043e-\u0441\u0435\u0440\u0432\u0438\u0441\u043d\u044b\u0439 \u043f\u043e\u0440\u0442\u0430\u043b \u0434\u043b\u044f \u043c\u0438\u0433\u0440\u0430\u043d\u0442\u043e\u0432 - MIGRANT.UZ\",\"url\":\"https:\/\/migrant.uz\/\",\"logo\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/#\/schema\/logo\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/migrant.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/logo.svg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/migrant.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/logo.svg\",\"width\":1,\"height\":1,\"caption\":\"\u0418\u043d\u0444\u043e\u0440\u043c\u0430\u0446\u0438\u043e\u043d\u043d\u043e-\u0441\u0435\u0440\u0432\u0438\u0441\u043d\u044b\u0439 \u043f\u043e\u0440\u0442\u0430\u043b \u0434\u043b\u044f \u043c\u0438\u0433\u0440\u0430\u043d\u0442\u043e\u0432 - MIGRANT.UZ\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/#\/schema\/logo\/image\/\"},\"sameAs\":[\"https:\/\/www.facebook.com\/migrantuz\",\"https:\/\/t.me\/migrantuz\",\"https:\/\/instagram.com\/migrantuzb\",\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCSJuKuQLcEGUyUCFkizvqRQ?view_as=subscriber\",\"https:\/\/www.tiktok.com\/@migrantuzb\",\"https:\/\/ok.ru\/migrantuz\",\"https:\/\/vk.com\/migrantuz\"]},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/migrant.uz\/#\/schema\/person\/773b34c5639c6650886d24576b92a229\",\"name\":\"\u0420\u0435\u0434\u0430\u043a\u0442\u043e\u0440\",\"url\":\"https:\/\/migrant.uz\/uz\/author\/maftuna\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Terrorchilikda gumon qilingan shaxs O\u2018zbekiston fuqarosimi yoki Rossiya? - Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ","description":"\u0423\u0442\u0440\u043e\u043c 18 \u0434\u0435\u043a\u0430\u0431\u0440\u044f \u0421\u041c\u0418 \u0441\u043e\u043e\u0431\u0449\u0438\u043b\u0438 \u043e \u0437\u0430\u0434\u0435\u0440\u0436\u0430\u043d\u0438\u0438 \u0434\u0432\u043e\u0438\u0445 \u043f\u043e\u0434\u043e\u0437\u0440\u0435\u0432\u0430\u0435\u043c\u044b\u0445 \u0432 \u0441\u043e\u0432\u0435\u0440\u0448\u0435\u043d\u0438\u0438 \u0442\u0435\u0440\u0430\u043a\u0442\u0430. \u041f\u043e\u0437\u0436\u0435 \u0424\u0421\u0411 \u0420\u043e\u0441\u0441\u0438\u0438 \u043e\u0431\u043d\u0430\u0440\u043e\u0434\u043e\u0432\u0430\u043b\u043e \u0432\u0438\u0434\u0435\u043e \u0434\u043e\u043f\u0440\u043e\u0441\u0430 \u0438\u0441\u043f\u043e\u043b\u043d\u0438\u0442\u0435\u043b\u044f \u043f\u0440\u0435\u0441\u0442\u0443\u043f\u043b\u0435\u043d\u0438\u044f \u2013 \u0433\u0440\u0430\u0436\u0434\u0430\u043d\u0438\u043d\u0430 \u0423\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u0430\u043d\u0430 1995 \u0433\u043e\u0434\u0430 \u0440\u043e\u0436\u0434\u0435\u043d\u0438\u044f.","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Terrorchilikda gumon qilingan shaxs O\u2018zbekiston fuqarosimi yoki Rossiya? - Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ","og_description":"{:ru}\u0423\u0442\u0440\u043e\u043c 18 \u0434\u0435\u043a\u0430\u0431\u0440\u044f \u0421\u041c\u0418 \u0441\u043e\u043e\u0431\u0449\u0438\u043b\u0438 \u043e \u0437\u0430\u0434\u0435\u0440\u0436\u0430\u043d\u0438\u0438 \u0434\u0432\u043e\u0438\u0445 \u043f\u043e\u0434\u043e\u0437\u0440\u0435\u0432\u0430\u0435\u043c\u044b\u0445 \u0432 \u0441\u043e\u0432\u0435\u0440\u0448\u0435\u043d\u0438\u0438 \u0442\u0435\u0440\u0430\u043a\u0442\u0430. \u041f\u043e\u0437\u0436\u0435 \u0424\u0421\u0411 \u0420\u043e\u0441\u0441\u0438\u0438 \u043e\u0431\u043d\u0430\u0440\u043e\u0434\u043e\u0432\u0430\u043b\u043e \u0432\u0438\u0434\u0435\u043e \u0434\u043e\u043f\u0440\u043e\u0441\u0430 \u0438\u0441\u043f\u043e\u043b\u043d\u0438\u0442\u0435\u043b\u044f \u043f\u0440\u0435\u0441\u0442\u0443\u043f\u043b\u0435\u043d\u0438\u044f \u2013 \u0433\u0440\u0430\u0436\u0434\u0430\u043d\u0438\u043d\u0430 \u0423\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u0430\u043d\u0430 1995 \u0433\u043e\u0434\u0430 \u0440\u043e\u0436\u0434\u0435\u043d\u0438\u044f.{:}","og_url":"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/","og_site_name":"Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/migrantuz","article_published_time":"2024-12-19T05:28:09+00:00","og_image":[{"width":2072,"height":1165,"url":"https:\/\/migrant.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/250825092_0_132_2500_1538_2072x0_60_0_0_02568d37c225ebdedef0f7aa0a1255f8.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"\u0420\u0435\u0434\u0430\u043a\u0442\u043e\u0440","twitter_card":"summary_large_image","twitter_misc":{"Written by":"\u0420\u0435\u0434\u0430\u043a\u0442\u043e\u0440","Est. reading time":"5 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/"},"author":{"name":"\u0420\u0435\u0434\u0430\u043a\u0442\u043e\u0440","@id":"https:\/\/migrant.uz\/#\/schema\/person\/773b34c5639c6650886d24576b92a229"},"headline":"Terrorchilikda gumon qilingan shaxs O\u2018zbekiston fuqarosimi yoki Rossiya?","datePublished":"2024-12-19T05:28:09+00:00","dateModified":"2024-12-19T05:28:09+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/"},"wordCount":1806,"publisher":{"@id":"https:\/\/migrant.uz\/#organization"},"image":{"@id":"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/migrant.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/250825092_0_132_2500_1538_2072x0_60_0_0_02568d37c225ebdedef0f7aa0a1255f8.jpg","keywords":["#fsb #Rossiya #migrantuzb","#OAV","\u0420\u043e\u0441\u0441\u0438\u044f","\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d"],"articleSection":["\u0420\u043e\u0441\u0441\u0438\u044f \u0445\u0430\u0431\u0430\u0440\u043b\u0430\u0440\u0438","\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0445\u0430\u0431\u0430\u0440\u043b\u0430\u0440\u0438","\u0425\u0430\u0431\u0430\u0440\u043b\u0430\u0440","\u0425\u0430\u0431\u0430\u0440\u043b\u0430\u0440"],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/","url":"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/","name":"Terrorchilikda gumon qilingan shaxs O\u2018zbekiston fuqarosimi yoki Rossiya? - Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ","isPartOf":{"@id":"https:\/\/migrant.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/migrant.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/250825092_0_132_2500_1538_2072x0_60_0_0_02568d37c225ebdedef0f7aa0a1255f8.jpg","datePublished":"2024-12-19T05:28:09+00:00","dateModified":"2024-12-19T05:28:09+00:00","description":"{:ru}\u0423\u0442\u0440\u043e\u043c 18 \u0434\u0435\u043a\u0430\u0431\u0440\u044f \u0421\u041c\u0418 \u0441\u043e\u043e\u0431\u0449\u0438\u043b\u0438 \u043e \u0437\u0430\u0434\u0435\u0440\u0436\u0430\u043d\u0438\u0438 \u0434\u0432\u043e\u0438\u0445 \u043f\u043e\u0434\u043e\u0437\u0440\u0435\u0432\u0430\u0435\u043c\u044b\u0445 \u0432 \u0441\u043e\u0432\u0435\u0440\u0448\u0435\u043d\u0438\u0438 \u0442\u0435\u0440\u0430\u043a\u0442\u0430. \u041f\u043e\u0437\u0436\u0435 \u0424\u0421\u0411 \u0420\u043e\u0441\u0441\u0438\u0438 \u043e\u0431\u043d\u0430\u0440\u043e\u0434\u043e\u0432\u0430\u043b\u043e \u0432\u0438\u0434\u0435\u043e \u0434\u043e\u043f\u0440\u043e\u0441\u0430 \u0438\u0441\u043f\u043e\u043b\u043d\u0438\u0442\u0435\u043b\u044f \u043f\u0440\u0435\u0441\u0442\u0443\u043f\u043b\u0435\u043d\u0438\u044f \u2013 \u0433\u0440\u0430\u0436\u0434\u0430\u043d\u0438\u043d\u0430 \u0423\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u0430\u043d\u0430 1995 \u0433\u043e\u0434\u0430 \u0440\u043e\u0436\u0434\u0435\u043d\u0438\u044f.{:}","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/#primaryimage","url":"https:\/\/migrant.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/250825092_0_132_2500_1538_2072x0_60_0_0_02568d37c225ebdedef0f7aa0a1255f8.jpg","contentUrl":"https:\/\/migrant.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/250825092_0_132_2500_1538_2072x0_60_0_0_02568d37c225ebdedef0f7aa0a1255f8.jpg","width":2072,"height":1165},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/migrant.uz\/terrorchilikda-gumon-qilingan-shaxs-o-zbekiston-fuqarosimi-yoki-rossiya\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/migrant.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Terrorchilikda gumon qilingan shaxs O\u2018zbekiston fuqarosimi yoki Rossiya?"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/migrant.uz\/#website","url":"https:\/\/migrant.uz\/","name":"\u0418\u043d\u0444\u043e\u0440\u043c\u0430\u0446\u0438\u043e\u043d\u043d\u043e-\u0441\u0435\u0440\u0432\u0438\u0441\u043d\u044b\u0439 \u043f\u043e\u0440\u0442\u0430\u043b \u0434\u043b\u044f \u043c\u0438\u0433\u0440\u0430\u043d\u0442\u043e\u0432 - MIGRANT.UZ","description":"Migrantlar uchun axborot-xizmat portali","publisher":{"@id":"https:\/\/migrant.uz\/#organization"},"potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/migrant.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Organization","@id":"https:\/\/migrant.uz\/#organization","name":"\u0418\u043d\u0444\u043e\u0440\u043c\u0430\u0446\u0438\u043e\u043d\u043d\u043e-\u0441\u0435\u0440\u0432\u0438\u0441\u043d\u044b\u0439 \u043f\u043e\u0440\u0442\u0430\u043b \u0434\u043b\u044f \u043c\u0438\u0433\u0440\u0430\u043d\u0442\u043e\u0432 - MIGRANT.UZ","url":"https:\/\/migrant.uz\/","logo":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/migrant.uz\/#\/schema\/logo\/image\/","url":"https:\/\/migrant.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/logo.svg","contentUrl":"https:\/\/migrant.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/logo.svg","width":1,"height":1,"caption":"\u0418\u043d\u0444\u043e\u0440\u043c\u0430\u0446\u0438\u043e\u043d\u043d\u043e-\u0441\u0435\u0440\u0432\u0438\u0441\u043d\u044b\u0439 \u043f\u043e\u0440\u0442\u0430\u043b \u0434\u043b\u044f \u043c\u0438\u0433\u0440\u0430\u043d\u0442\u043e\u0432 - MIGRANT.UZ"},"image":{"@id":"https:\/\/migrant.uz\/#\/schema\/logo\/image\/"},"sameAs":["https:\/\/www.facebook.com\/migrantuz","https:\/\/t.me\/migrantuz","https:\/\/instagram.com\/migrantuzb","https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCSJuKuQLcEGUyUCFkizvqRQ?view_as=subscriber","https:\/\/www.tiktok.com\/@migrantuzb","https:\/\/ok.ru\/migrantuz","https:\/\/vk.com\/migrantuz"]},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/migrant.uz\/#\/schema\/person\/773b34c5639c6650886d24576b92a229","name":"\u0420\u0435\u0434\u0430\u043a\u0442\u043e\u0440","url":"https:\/\/migrant.uz\/uz\/author\/maftuna\/"}]}},"views":1895,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/migrant.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29609"}],"collection":[{"href":"https:\/\/migrant.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/migrant.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/migrant.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/18"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/migrant.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29609"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/migrant.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29609\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29612,"href":"https:\/\/migrant.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29609\/revisions\/29612"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/migrant.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/29610"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/migrant.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29609"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/migrant.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29609"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/migrant.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29609"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}