Maqola

135 21/08/2024

Xabarovskda o‘zbekistonliklarni terrorchilik faoliyatiga jalb qilishda gumon qilingan xorij fuqarosi qo‘lga olindi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Xabarovsk o‘lkasi xodimlari O‘zbekiston fuqarolarini terrorchilik tashkilotiga tayyorgarlikdan o‘tkazish va ular safida qatnashishga jalb qilgan shaxsni qo‘lga oldi.

Departament matbuot xizmati xabar berishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari materiallari asosida Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda gumonlanuvchi hibsda, tergov davom etmoqda.

Qayd etish joizki, bu mintaqada terrorizmda gumon qilinib hibsga olingan birinchi holat emas. Avvalroq Xabarovskda Ukraina maxsus xizmatlari bilan aloqada bo‘lgan va mintaqada qo‘poruvchilik harakatlarini rejalashtirganlikda ayblangan ayol hibsga olingan edi.

Huquq-tartibot idoralari muhojirlarni ekstremistik va terroristik harakatlarda ishtirok etganliklari uchun javobgarliklari haqida ogohlantiradi.

Taqiqlangan tashkilotlarga, hatto bilmasdan ham qo‘shilish jinoiy javobgarlikka tortilish va uzoq muddatli qamoq jazosiga olib kelishi mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya