
1-fevraldan boshlab Xabarovsk oʻlkasida patent bilan ishlaydigan xorijiy fuqarolar uchun yangi cheklovlar kuchga kiradi. Gubernatorning farmoniga koʻra, bunday migrantlarga taksi, avtobus va boshqa jamoat transporti haydovchilari sifatida ishlash taqiqlanadi. Politsiya qoidalarga rioya qilinishini nazorat qiladi.
Rasmiylar ushbu choralar Rossiya fuqarolari uchun koʻproq ish oʻrinlari yaratish uchun joriy etilayotganini tushuntirishmoqda. Ish beruvchilar ushbu sohalarda patent bilan ishlovchi xorijiy ishchilar sonini hozirdan kamaytirishlari kerak.
Taksi xizmati vakillari vaziyat oʻzgarishi mumkinligini aytishmoqda. Hozirda Xabarovskda koʻplab taksi xizmatlari mavjud va haydovchilarning aksariyati Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan haydovchilar. Taksi sohasida rossiyalik haydovchilar taxminan beshdan bir qismini tashkil qiladi. Taqiq mashinalar kamayishi va narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin.
Biznes vakillarining aytishicha, haydovchilar yetishmayapti va yangi qoidalar haydovchi topishni yanada qiyinlashtiradi. Biroq, kompaniyalar qonunga bo‘ysunishga majbur, aks holda ular katta miqdordagi jarimaga tortiladi.
Jamoat transportidagi vaziyat biroz boshqacha. Ba’zi tashuvchi kompaniyalar patenti bor haydovchilardan foydalanmayotganini bildirgan. Ular rossiyaliklar yoki Qozog’iston, Armaniston, Belarus va Qirg’iziston kabi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari fuqarolarini ishga oladi.
Cheklovlar faqat transportga taalluqli emas. Oldinroq rasmiylar patentli migrantlarga ayrim sohalarda – masalan, elektr energiyasi, gaz, bug’, suv ta’minoti va boshqa ba’zi sohalarda ishlashni taqiqlagan edi.
Politsiya jamoat transportida tekshiruvlar o’tkazadi. Qoidalarni buzgan haydovchilarga 5000 rublgacha jarima solinishi mumkin. Ish beruvchilar uchun jarimalar ancha yuqori – ular har bir xodim uchun yuz minglab rublga yetadi.