
Janubiy Koreyada xavfsizlik texnikasiga juda katta e’tibor beriladi.
Ishga kirishdan oldin maxsus xavfsizlik bo‘yicha o‘qituv kursidan o‘tish majburiy!
– Koreyada hamma narsa tartib va qonun-qoidalar ustiga qurilgan. Koreyaga kelishingiz bilan ilk kunlarda maxsus markazda o‘tkaziladigan texnik-havfsizlik va moslashuv darslarida to‘liq va diqqat bilan qatnashing;
-ishxonangiz tomonidan belgilangan havfsizlik qoidalariga ham ish joyida jiddiy amal qiling;
ushbu qoidalarga hayotingizda faqat bir marta amal qilmasligingiz bir umr tuzatib bo‘lmaydigan ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin;
– ish sohasi va ish turiga qarab shaxsiy himoya kiyimlari, vositalari va anjomlari ish beruvchi tomonidan sizga ta’minlanishi kerak, buning uchun sizning maoshingizdan haq undirilmaydi. Ish paytida bulardan doim foydalaning;
– sog‘lig‘ingiz yomonlashganida yoki jarohat olganingizda chidab yurmang, shifokorga uchrang. Agar kasalxonaga o‘zingiz borolmasangiz, 119 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordamni chaqiring. Tibbiy sug‘urtangizdan foydalaning. Davolanish va kasalxona harajatlarining aksar qismini davlat tibbiy sug‘urtasi (TITR국민건강보험) qoplab berishi mumkin;
– Koreyada ish beruvchi o‘z ishchi xodimlarini davlat tibbiy sug‘urtasiga (TITR:국민건강보험) va sanoat sohasidagi baxtsiz hodisalar sug‘urtasiga (TITR: 국민건강보험) a’zo qilishi majburiy hisoblanadi. Ushbu sug‘urtalarning bir qismi ish beruvchi tomonidan, bir qismi esa maoshingizdan to‘lanadi;
– ish paytida jarohat olsangiz, sanoat sohasidagi baxtsiz hodisalar sug‘urtasidan, albatta, foydalaning. U orqali vaqtincha ishlay olmaganlik uchun to‘lov, kasalxonadagi parvarish xizmati bo‘yicha nafaqa, vaqtincha va bir umrlik nogironlik nafaqalari, o‘lim holatida yaqin oila a’zolariga beriladigan kompensatsiyalar to‘lab beriladi. Baxtsiz hodisani bu sug‘urtasiz, o‘zaro kelishgan holda hal qilib yuborish takliflariga rozi bo‘lmang, tushunmagan hujjatlar imzo chekmang, yaxshi tushunmasangiz, til biladiganlardan yordam so‘rang;
– Ishga doimiy boradigan va keladigan yo‘lingizda, bir xil vaqtda, ishga ketayotib yoki ishdan qaytayotib jarohat oladigan bo‘lsangiz, holatga qarab sanoat sohasidagi baxtiz hodisalar sug‘urtasi orqali ma’lum miqdorda kompensatsiya olishingiz ham mumkin. Aniq va yakuniy xulosani tegishli davlat tashkiloti beradi;
– ish joyingizdagi muammolar, kamchiliklar va havfli vaziyatlar haqida bevosita sizga mas’ul bo‘lgan katta xodimga xabar berib, tushuntiring;
– kamida 2 kishi bo‘lib ishlash talab qilingan joylarda zinhor yolg‘iz ishlamang;
Xulosa qiladigan bo‘lsak, xavfsizlik texnikasi — bu faqat quruq gap emas, balki hayotingiz garovi. Sog‘lig‘ingiz esa sizning eng katta boyligingiz. O‘zingizni asrang!