138 03/07/2024

Rossiyadagi muhojirlar yordam so‘ragan kimgadir pul o‘tkazgani uchun kutilmaganda “terrorizmni moliyalashtirish” deb nomlanuvchi dahshatli va jiddiy modda bo‘yicha jinoyatda ayblanuvchiga aylanib qolyotgan voqealar ham uchrab turibdi.  

Bir kun kelib javobgarlikka tortilmaslik uchun va qilgan xayriyangiz xavfsiz bo‘lishi uchun nima qilish kerak?

Buning ikki xil yo‘li bor: birinchisi – rasmiy xayriya fondlariga pul o‘tkazish.

Rasmiy fondga xayriya qilish orqali siz nafaqat pul belgilangan maqsadlarga (masalan, davolanishga) sarflanishini, balki sizni hech kim xayriyangiz uchun bir kun kelib “terrorizm homiysi” deb aybdor qilmasligiga ham kafolat olasiz.

Bunday rasmiy xayriya fondlari Rossiyada bir nechta, masalan, “Zakyat”, “Solidarnost”, “Predaniye” va boshqalar. Ushbu fondlarda har bir yordamga muhtoj odam uchun alohida hisob ochiladi va yig‘ilgan pullar o‘sha insonga yetkaziladi.

Xavfsiz xayriyaning ikkinchi yo‘li esa yordam so‘rayotgan insonga pul bilan emas, balki ehtiyojidan kelib chiqib boshqa narsalar bilan yordam berish mumkin. Masalan, resept bo‘yicha dori-darmonlar olib berish, oziq-ovqat, kiyim xarid qilish.

Qisqasi, birovga yordam beraman deb, o‘zingiz aybdorlar kursisiga o‘tirib qolmang!

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya