167 26/02/2024

Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati Samara oblastida “Hayat Tahrir ash-Shom” nomli xalqaro terroristik tashkilotning yashirin bo’limini aniqlaganini ma’lum qildi. Federal Xavfsizlik xizmati aniqlagan guruh a’zolari orasida Markaziy Osiyolik mehnat muhojirlari bor. Bu tashkilot Rossiyada ham, O’zbekistonda ham va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida ham taqiqlangan.

Xavfsizlik xizmatining xabar berishicha, muhojirlar terrorizmni moliyalashtirganlikda ayblanmoqda. Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Samara viloyati Tergov bo’limi ushlangan muhojirlarga Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi “Terrorchilik faoliyatiga ko’maklashish” bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atdi. Jinoiy ish bo’yicha javobgarlik sakkiz yildan o’n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 300 mingdan 700 ming rublgacha jarima yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Eslatib o’tamiz, turli ishonchsiz xayriyalarda ishtirok etib ham terrorizmda ayblanib qolish mumkin. Shuning uchun mehnat muhojirlarini rasmiy ro’yxatdan o’tmagan xayriya fondlarida ishtirok etmaslikka chaqiramiz.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация