208 02/11/2026

Ayrim hududlarda xazon, quruq şox-şabba va dala maydonlarida qolgan ösimlik qoldiqlarini yoqiş holatlari uçrab turibdi. Baʼzilar hududni tozalaşning oson yöli sifatida bunday usuldan foydalansa-da, buning oqibatida atmosfera havosi ifloslanib, inson salomatligi va tabiatga jiddiy zarar yetkaziladi. Qolaversa, qonunçilikda bunday harakatlar uçun maʼmuriy javobgarlik ham belgilangan.

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi dala maydonlarida anğiz, xazon, şox-şabba va boşqa ösimlik qoldiqlariga öt qöymaslik haqida ogohlantirdi.

Qömita maʼlumotiga köra, ösimlik qoldiqlarini yoqiş natijasida atmosfera havosiga juda köp miqdorda zaharli moddalar, jumladan, uglerod oksidi (CO), azot oksidlari (NOx), azot dioksidi (NO₂), benz(a)piren, dioksin, dibenzofuran, oltingugurt oksidi va fosgen ajralib çiqadi. Uşbu moddalar atrof-muhit va inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi.

Bundan taşqari, olovning yuqori harorati taʼsirida tuproq tarkibidagi makro va mikroelementlar yöqoladi. Natijada tuproq unumdorligi pasayadi.

Xazon yoqqanlarga qanday maʼmuriy çora körilişi mumkin?

Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 88-moddasida atmosfera havosini muhofaza qiliş talablarini buzganlik uçun javobgarlik belgilangan. Unga köra, dala va aholi punktlarida anğiz, xazon, şox-şabba yoki boşqa ösimlik qoldiqlarini yoqiş atmosfera havosining zararli moddalar bilan ifloslanişiga olib kelsa, fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigaça jarima solinişi mumkin.

Agar uşbu huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil içida takror sodir etilsa, jarima miqdori 5 baravardan 7 baravargaça oşadi.

Şu bois xazon va ösimlik qoldiqlarini yoqiş örniga ularni belgilangan tartibda yiğiştirib, olib çiqiş tavsiya etiladi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya