Maqola

114 11/03/2025

Kaluga viloyatining Jukov shahrida migratsiya bo‘limining ish faoliyatida uzilish yuz berdi, bunga bo‘limda kadrlar yetishmasligi sabab bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining vakili Irina Volk xabar berdi. Avvalroq tarmoqda migratsiya bo‘limi oldida katta navbatlar aks etgan video paydo bo‘lgan edi. Videoda odamlar Jukovdagi Migratsiya masalalari bo‘yicha bo‘lim xodimlari muhojirlarni qabul qilmay qo‘yganidan norozilik bildirishgan.

Irina Volkning so‘zlariga ko‘ra, Jukov migratsiya bo‘limidan olingan video sababidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Tekshiruv natijalari davlat xizmatlari ko‘rsatilishida muammolar mavjudligini tasdiqlagan. Ushbu uzilishlarning asosiy omili bo‘limda xodimlar sonining yetarli emasligi ekani aniqlandi, deb aytgan Volk o‘zining telegramdagi xabarida.

Vaziyatni hal qilish uchun Jukov tumanidagi IIVBga Kaluga viloyati bo‘yicha Rossiya IIVB Migratsiya masalalari boshqarmasidan hamkasblariga amaliy yordam ko‘rsatish uchun qo‘shimcha kuchlar yuborildi. Volk elektron navbat tizimining ishlashi yaqin vaqt ichida tiklanishi rejalashtirilganini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, aholiga migratsiya sohasidagi davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati quyidagilar orqali taqdim etiladi:
• ko‘p funksiyali markazlar,
• mintaqadagi pasport-viza xizmatining filiali,
• «Davlat xizmatlari» portali. Ilgari, Rossiya IIV kollegiyasining majlisida vazir Vladimir Kolokoltsev vazirlikda bo‘sh ish o‘rinlari soni 172 mingdan ortiqni tashkil etishi haqida xabar bergan edi. Prezident Vladimir Putin IIVda kadrlar muammosi tizimli xususiyatga ega ekanini va kompleks yechimni talab qilishini ta’kidladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya