
Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, xorijda mehnat muhojirligida bo‘lgan, kichik biznesni boshlash yoki rivojlantirishni istaganlar uchun Grant tanlovi e’lon qilindi. Tanlov Xalqaro Migratsiya Tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
❗️ Eng muhimi:
💡Aniq va amalga oshiriladigan biznes g‘oya;
👥Yangi ish o‘rinlari yaratish salohiyati.
❓ Kimlar qatnashishi mumkin?
🔙 Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar;
👩👩👧 Ularning turmush o‘rtoqlari va farzandlari;
👩🏻 Ayollar — alohida qo‘llab-quvvatlanadi.
📊 Loyiha samarasini baholash uchun keyingi 24 oy davomida Xalqaro Migratsiya Tashkiloti bilan hamkorlikka tayyor bo‘lish talab etiladi. Arizalar 30-noyabrga qadar qabul qilinadi.
📞 Tanlov yuzasidan savollar bo‘lsa, Telegram (+998 90 021 50 38) orqali bog‘lanish mumkin.