Maqola

210 30/11/2024

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomida O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmi 12,6 mlrd dollarni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga ko‘paydi. Bu haqida Markaziy bank sharhida bayon qilingan.

Mablag‘larning 78 foizi Rossiyadan (9,8 mlrd doll) kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning mazkur davriga nisbatan 35 foizga oshgan. Mazkur transfertlarning qolgan qismi Qozog‘iston (699 mln doll), AQSH (470 mln doll), Janubiy Koreya (458 mln doll), Turkiya (331 mln doll), Buyuk Britaniya (109 mln doll) va boshqa mamlakatlardan o‘tkazilgan.

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomida kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan AQSHdan 37 foizga, Janubiy Koreyadan 71 foizga, Buyuk Britaniyadan 76 foizga hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 41 foizga o‘sish kuzatildi.

2024 yil boshidan ishlash istagida bo‘lgan 113 ming nafardan ziyod fuqarolar, asosan, rivojlangan mamlakatlarga rasmiy, xavfsiz hamda uyushgan holda ishga yuborilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,6 barobarga oshgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya