Maqola

513 06/02/2025

Rossiyaliklar chet ellik fuqarolardan naqd pulga mashina xarid qilganlari uchun jarimaga tortilmoqda. Jarima bitim summasining 20-40% miqdorida solinmoqda, deb yozmoqda “Mash” telegram kanali. Masalan, moskvalik ayol 2,85 million rublga olgan mashinasi uchun deyarli 900 ming rubl jarima to’lagani aytilmoqda.

Bunga Federal Soliq Xizmati va «Valyutani tartibga solish va valyuta nazorati to’g’risida»gi 173-sonli Federal qonun sabab bo’layotgani xabar berilmoqda. Qonun haqida qisqacha: agar sotuvchining Rossiya pasporti bo’lmasa, unga naqd rubl berish mumkin emas. Aks holda xaridor katta miqdorda jarima to‘laydi.

Yaqinda yana bir moskvalik ayol yengil mashina sotib olib, jarimaga tortilgani uchun Milliy Avtomobil Ittifoqiga murojaat qilgan. Ayol Qirg’iziston fuqarosidan «KIA-Sorento» avtomobilini 2,85 million rubl naqd pulga sotib olgan. Sotib olish vaqtida faqat bank orqali to’lashi kerakligi haqidagi qonun haqida bilmagan. Natijada 855 ming rubl jarima to’lashiga to‘g‘ri kelgan.

Milliy Avtomobil Ittifoqi (НАС) rahbari Anton Shaparinning aytishicha, ittifoq Rossiya Yagona bojxona hududiga kirishini hisobga olib, Moliya vazirligidan jarima amaliyotidan voz kechishni so’ragan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya