Maqola

99 17/11/2024

Hozirgi vaqtda sud hukmidan keyin ham tergov izolyatorlarida qolayotgan mahkumlar uzoq muddatli uchrashuvlar huquqidan mahrum etilgan.

«MK» nashrining yozishicha, yangi tartib loyihasi kuchga kirsa, Rossiyada tergov izolyatorlarida (SIZO) bo‘lgan va hukmi kuchga kirgan mahkumlarga uzoq muddatli uchrashuvlarni qanday holatlarda berish mumkinligi aniq belgilanadi.

Bu hujjat hukmi kuchga kirgan, lekin koloniyalarga o‘tkazilmagan mahkumlarning huquqlarini ta’minlash imkonini beradi. Hozirda Rossiyada mahkumlar 6-8 yilgacha “SIZO”da saqlanishi mumkin. Bu davrda ularga uzoq muddatli uchrashuvlar taqiqlangan, chunki “SIZO” sharoitida bu amalda ko‘zda tutilmagan. Shu sababli mahkumlar hattoki o‘zlari koloniyalarga qaytarilishni so‘ragan holatlar ham bo‘lgan, chunki u yerda ular yaqinlari bilan uzoq muddatli uchrashuvlar o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladilar, deydi huquq himoyachilari.

Rossiya Adliya vazirligining yangi taklifiga ko‘ra, har bir “SIZO”da uch kunlik uchrashuvlar uchun maxsus xonalar tashkillash rejalashtirilgan. Bu yerda hukmi kuchga kirgan mahkumlar yaqinlari bilan uch kun davomida uchrashuv o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Biroq, ayrim izolyatorlar tezkorlik bilan bunday xonalarni jihozlay olmasligi mumkin. Shu bois, bunday mahkumlar uchun uzoq muddatli uchrashuvlarni qisqa muddatli uchrashuvlar yoki telefon orqali muloqot bilan almashtirish taklif qilinishi mumkin. Agar mahkum rozi bo‘lsa, “SIZO” rahbari qaroriga ko‘ra oyna orqali yoki telefon orqali qisqa muddatli uchrashuv taqdim etiladi.

Adliya taklifi Rossiyada ilk bor “SIZO”da bo‘lgan, hukmi kuchga kirgan mahkumlar uchun uzoq muddatli uchrashuv huquqini mustahkamlaydi. Biroq, uzoq muddatli uchrashuvlarni qisqa muddatli uchrashuvlar bilan almashtirishga ruxsat berish katta muammolarga olib kelishi ehtimoli mavjud. Ayrim “SIZO” rahbarlari maxsus xonalarni jihozlashga shoshilmasligi ham mumkin, chunki ular qisqa uchrashuvlar bilan cheklanish mumkinligini asos qilib ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas, deb ta’kidlaydi huquq himoyachilari «MK» nashriga bergan intervyusida.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya