Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 17-dekabr ertalab soat 05:10 larda Ulyanovsk viloyatidan o‘tadigan “Saransk-Surskoye-Ulyanovsk” yo‘nalishidagi R-178 federal trassasining 209 km. O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Oqibatida 5 nafar O‘zbekiston fuqarolari (A.A. 1977 y.t., J.I., 1988 y.t., K.S., 1975 y.t., K.A., 2004 y.t. va B.O., 1977 y.t.) halok bo‘lgan. Ularning shaxsi ochiqlanmagan.
«Ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olinib, vakolatli organlar bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilib, halok bo‘lganlarni jasadlarni Vatanga qaytarish ishlarini amalga oshirish choralari ko‘rilmokda. Mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari bilan quyidagi telefon raqamlar orqali bog‘lanish mumkin:
+7-843 526-55-63; +7-843 526-55-64; +7-843 526-55-65;» deyiladi xabarda.
Afsuski, shu yilning o‘zida 10 ga yaqin avtohalokatlarda o‘nlab yurtdoshlarimiz qurbon bo‘ldi. «Yo‘llarda qurbon bo‘layotgan o‘zbekistonliklar» xronikasida bu haqida qisqacha ma’lumot bergan edik.