99 07/03/2024

Rossiyaning turli shahar va hududlarida migrantlarga reydlar o‘tkazilmoqda.

Sverdlovskaya oblast, Krasnodarskiy kray, Tverskaya oblast, Saxalin, Samarskaya oblast, Krasnoyarskiy kray, Xakasiya, Sankt-Peterburg, Moskovskaya oblast, Moskva va boshqa hududlar noqonuniy mehnat muhojirlarini aniqlash maqsadida reyd o‘tkazayotganini va dastlabki natijalarni ma’lum qilgan.

Qolaversa, GIBDD bo‘limlari tarafidan ham butun Rossiyada 4 martadan 31-martgacha “Mast haydovchi”, “Taksi”, “Yo‘lovchi bolalar”, “Xavfsizlik kamari”, “Yo‘lovchi” va boshqa nomdagi reydlar o‘tkazilishi ma’lum qilingan.

Bularni inobatga olib, muhojirlarni hujjatsiz yurmaslikka chaqiramiz. Rossiya fuqaroligi bor shaxslarga esa harbiy ro‘yxatdan o‘tmaslik uchun javobgarlik borligini eslatib qo‘ymoqchimiz.

Migrantlar yonlarida olib yurishi kerak bo‘lgan hujjatlar: pasport, migratsion karta, “registratsiya”, patent va daktiloskopiya topshirilgani haqida “yashil karta”. Haydovchi migrantlarda yuqoridagi hujjatlarga qo‘shimcha ravishda haydovchilik guvohnomasi va guvohnomaning rus tiliga tarjimasi bo‘lishi shart.

Unutmang, patentingiz bor bo‘lib turib, taqiq qo‘yishsa uni yechish mumkin. Faqat taqiq qo‘yilishi bilan 10 kun ichida yuristlar yordamida shikoyat qilishga ulgurishingiz kerak.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация