Maqola

328 29/11/2024

Moskva oblastida taksichilar va ularning yo‘lovchilariga migratsiya qonunchiligiga rioya qilish maqsadida reyd o‘tkazildi. Bu haqida «Осторожно, Новости» telegram kanali xabar qilgan.

Telegram kanalining ma’lumotiga ko‘ra, Moskva viloyati politsiyasi taksichilar orasida noqonuniy ishlayotganlarni izlagan. Reyd davomida 5 nafar haydovchiga noqonuniy mehnat faoliyati uchun ma’muriy bayyonomalar tuzilgan.

E’tiborli jihati, reyd davomida nafaqat migrant haydovchilar, balki taksi yo‘lovchilari ham tekshirilgan. Reyd natijasida yo‘lovchilar orasida Rossiyada bo‘lish tartibini buzgan 57 nafar xorij fuqarosi aniqlangan. Ulardan 20 nafari majburiy daktiloskopiya ro‘yxatidan o‘tmagan. Yana ikki nafar yo‘lovchiga Rossiyaga kelish ta’qiqlangan, yana ikki nafari esa soxta hujjat ko‘rsatgani uchun javobgarlikka tortilgani xabar berilmoqda.
Jabvobgarlikka tortilgan muhojirlarning bir qismi jarima to‘lagan, yana bir qismi esa vatanlariga qaytarilgan, deb yozmoqda telegram kanali.

Reyd odatdagidan farqli ravishda bu safar nafaqat haydovchi va yo‘lovchilar orasida, balki taksopark egalarining faoliyatini tekshirilishi bilan ahamiyatli. Reyd doirasida taksopark egalari nima sababdan ularda noqonuniy muhojirlar ishlayotganini aniqlanishi ma’lum qilindi.

Ta’kidlash kerakki, 21 va 22-noyabr kunlari migrant-taksichilar Yandeks taksi agregatorining haydovchilarga qo‘ygan talab va shartlaridan norozi bo‘lib ommaviy ravishda aksiya uyushtirgan edi. Aksiya davomida muhojir haydovchilar ishga chiqmagan. Shu tarzda ular mehnat sharoitlarini yaxshilash va Yandeks Taksi agregatori bilan hamkorlik foizini pasaytirishni talab qilgan. Agregator rasmiy ravishda norozilik aksiyasiga munosabat bildirgani yo‘q. Biroq taksichi-migrantlarning e’tiroz aksiyasini mahalliy rus taksichilar ham qo‘llab-quvvatlagan. Bir necha kun o‘tib esa taksichilar, ularning yo‘lovchilari va taksopark egalariga reyd o‘tkazilmoqda.

Reydning muhojir-taksichilarning norozilik aksiyasiga qanchalik bog‘liqligi borasida ma’lumot mavjud emas.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya