110 14/03/2024

Endi haydovchilarga birinchi navbatda katta ehtimol bilan bekor qilinmaydigan buyurtmalar taklif etiladi.

Yangi algoritm taksi yo‘lovchilarining necha marta buyurtmadan foydalangani va buyurtmani bekor qilganini hisobga oladi. Buyurtmalarni qancha kam bekor qilgan bo‘lsa, bo‘sh mashinalar taklif qilinishi shuncha oson bo‘ladi. Agar yo‘lovchi taksi chaqirib qo‘yib, keyin buyurtmani bekor qilgan holati ko‘p bo‘lsa unda unga bo‘sh mashinalar taklif qilish cheklanadi.

Yangi algoritm asta-sekin «Yandeks Go» ilovasining barcha foydalanuvchilarida ishlay boshlaydi. Ilovada yo‘lovchining taksini bekor qilish statistikasi bildiriladi. Unda yo‘lovchilar «Всё в порядке» (hammasi joyida), «Приемлемо» (qoniqarli) va «Непорядок» (yaxshi emas) maqomlari bilan ko‘rsatib turiladi. Agar mijoz-yo‘lovchi o‘zining reytingidan qoniqmasa, Yandeksning texnik xizmatiga murojaat qilishi mumkin.

Yandeksning matbuot xizmatiga ko‘ra, yangi algoritm taksi narxlarning ko‘tarilmasligi uchun kiritildi. Chunki taksi narxining shakllanishiga buyurtmachi atrofidagi bo‘sh mashinalar soni asos bo‘ladi. Taksi chaqirib, bekor qilingan mashinalar esa ilova tomonidan band deb ko‘riladi va boshqa mijozlarga narx qimmatroq shakllanishiga olib keladi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация