Saratov oblasti gubernatori Roman Busargin 2025-yil 1-yanvardan kuryerlik xizmatiga xorijlik mehnat muhojirlarni jalb qilish taqiqlanishini ma’lum qildi.
Taqiq shuningdek, jamoat transporti, taksi va umumiy ovqatlanish sohasida ishlaydigan migrantlar uchun mavjud cheklovlarni ham uzaytiradi. Bu haqda oblast hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq, 2024-yilning mayidan dekabrigacha viloyatda migrantlarning jamoat transporti, taksi va umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlashiga taqiq joriy qilingan edi.
Migratsiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda muhojirlar soni ortgan bo‘lsa-da, ularning faqat bir qismi rasman ish bilan ta’minlangan.
Bu esa norasmiy bandlikning yuqori darajasidan dalolat beradi. Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, yangi chora-tadbirlar asosiy sohalarda xavfsizlikni yaxshilashga qaratilgan.
Endi taqiq shahar va shahar atrofi transporti, taksilar va haydovchi bilan avtomobil ijarasi, umumiy ovqatlanish, shuningdek kuryerlik faoliyatiga taalluqli bo‘ladi.