586 13/11/2024

Voqea 10-noyabr kuni kechqurun Novomoskovsk ma’muriy okrugining Ostafyevo qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Rossiyada 15 yildan beri yashab kelayotgan o‘zbekistonlik fuqaroning uyiga qarindoshlari — xolasi va amakivachchasi tashrif buyurishgan. Yaqinlarini iliq kutib olgan uy egasi spirtli ichimliklar ichganidan so‘ng aqlini yo‘qotgan, natijada erkaklar orasida tez orada janjal boshlangan.

Mushtlasuhuvni mehmon boshlagani aytilmoqda. Pichoqni olib qarindoshiga tashlangan mezbonning yo‘lidan onasi chiqqan. Ko‘zi qonga to‘lgan yigit o‘z onasinin bo’yniga pichoq bilan bir necha marta zarba bergan.

Bechora ayolning dod-voyiga qo’shnilar yugurib kelishdi va darhol voqea joyiga tez yordam chaqirishdi. Politsiya xodimlari erkakni qo‘lga olishdi.

Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilib, unga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi, uning ahvoli barqaror va normal deb baholanmoqda. Noqobil o‘g‘il mahalliy politsiya bo‘limiga olib ketilgan va u odam o‘ldirishga urinishda ayblanmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya