Moskvada jamoat transportida yo‘l haqi 2025-yil 2-yanvardan o‘zgaradi, deb xabar bermoqda Moskva Transport departamentining matbuot xizmati. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, eng qulay to‘lov usuli biometrik to‘lov (yuz bilan to‘lash) bo‘lib qoladi. Bu usul bilan yo‘l haqini to‘laganlar 59 rubl to‘laydi.
«Тройка» kartalariga 30, 90 va 365 kunlik chiptalar narxi bir martalik sayohat uchun o‘rtacha ikki rublga oshadi. Yer usti transporti va metro, «МЦК», «МЦД» o‘rtasida transport almashish (пересадка) bepul bo‘lib qoladi, deyiladi departament bayonotida.
Moskva shahrida o‘qiyotgan talabalar uchun chiptalarga beriladigan chegirmalar saqlanib qoladi. Shu bilan birga, 2025-yilda 60 martalik «Единый» tarifi bilan chiptalar unchalik dolzarb bo‘lmagani sababli sotuvdan olib tashlanadi.
Moskvada yo‘l haqi barcha tarifalarda qanchaga oshishini infografikadan ko‘rishingiz mumkin.
Ta’kidlash joizki, Rossiyaning boshqa shaharlarida ham jamoat transportida yo‘l haqi oshmoqda. Masalan, Permda jamoat transportida yo‘l haqi 40 rublni tashkil etadi, Sankt-Peterburgda esa 7-15% ga oshishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, jamoat transportida chipta xarid qilmasdan yurish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq huquqbuzarlik esa Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishni taqiq qo‘yilishga olib keladi.