Maqola

506 27/12/2024

2025-yil 1-yanvardan boshlab chet el fuqarolari uchun SIM-karta sotib olish tartibi yanada qatʼiylashtiriladi. Ushbu choralar firibgarlik va «nomsiz» SIM-kartalarga qarshi kurashishga qaratilgan.

Nimalar o‘zgaradi?
⚫️ Muhojirlar aloqa shartnomasini faqat aloqa saloniga shaxsan borib tuzish mumkin bo‘ladi.
⚫️ Bir muhojir o‘z nomiga jami 10 dan ortiq raqamni, shu jumladan korporativ raqamlarni ham rasmiylashtira olmaydi.
⚫️ Shartnoma tuzish uchun «СНИЛС», «Госуслуги» dagi akkaunt va yagona biometrik tizimda ro‘yxatga olingan biometrik ma’lumotlar orqali shaxsni tasdiqlash talab qilinadi.
⚫️ Aloqa shartnomasida telefon yoki boshqa qurilmaning 15 xonali IMEI raqami ko‘rsatiladi.

Rossiya raqamlashtirish vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu o‘zgarishlar Rossiya fuqarolariga tegishli emas. Gap faqat chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar haqida ketmoqda.

Agar SIM-karta bor bo‘lsa 2025-yil 1-iyuligacha aloqa saloniga borib shaxsini tasdiqlashlari kerak. Buning uchun «СНИЛС», «Госуслуги», qurilmaning IMEI raqami va biometrik ma’lumotlar talab qilinadi.

Bir muhojirga 10dan ortiq SIM-karta rasmiylashtirilgan bo‘lsa ortiqcha raqamlarni aloqa saloniga borib, bekor qilishlari lozim. Agar ortiqcha raqamlar bo‘yicha shartnomalar bekor qilinmasa, 2025-yil 1-iyuldan boshlab barcha raqamlar bo‘yicha xizmatlar to‘xtatiladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya