Maqola

789 27/12/2024

Vladimir Putin ayrim yo‘l harakati qoidalarini buzish uchun jarimalarni oshirish to‘g‘risidagi federal qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan quyidagi yo‘l qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshirildi:

– Mast holda transport boshqarish yoki tibbiy ko‘rikdan o‘tish talabini bajarmaslik — 45 ming rublgacha;
– Tezlikni oshirish — 7,5 ming rublgacha;
– Qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakatlanish chizig‘iga chiqish — 7,5 ming rublgacha;
– Svetoforning taqiqlovchi signali yoki yo‘l harakatini boshqaruvchi xodimning taqiqlovchi ishorasiga e’tiborsizlik — 1,5 ming rublgacha;
– Yo‘l to‘siqlarini aylanib o‘tishda YHQ buzilishi sababli qarama-qarshi yo‘l chizig‘iga chiqish — 1500 dan 2250 rublgacha;
– Yo‘lning harakatlanish qismida transport vositasining noto‘g‘ri joylashuvi, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish yoki chekkada yurish qoidalarini buzish — 2250 rublgacha;
– Yo‘l belgilari yoki chiziqlari ko‘rsatmalariga rioya qilmaslik — 750 rublgacha;
– Jamoat transporti va maxsus transport vositalari uchun ajratilgan chiziqda harakatlanish — 2250 rublgacha;
– YHQni buzish tufayli jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazish — 3750 dan 7500 rublgacha;
– «ОСАГО» sug‘urta polisisiz transport vositasini takroriy boshqarish — 5 ming rubl.

Bundan tashqari, YHQ buzilish uchun jarimalarni to‘lash uchun chegirma o‘zgaradi. 2025-yildan boshlab, jarimalarni to‘lash uchun chegirmalar 25 foizgacha pasayadi va jarimani 25%lik chegirma bilan to‘lash uchun 20 kun vaqt beriladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya