332 28/12/2025

Yaponiyada ishlash — bu nafaqat boshqa davlatda mehnat qilish, balki mutlaqo yangi madaniyat, qadriyat va hayot tarzini tushunish va hurmat qilishni anglatadi. Yaponlar o‘z tartib-intizomi, soddaligi va odob-axloqi bilan dunyoga mashhur.

Yapon jamiyati ntizom, sokinlik, hurmat va tozalikka asoslangan. Bu yerda har bir inson, hatto begona bo‘lsa ham, boshqasining shaxsiy makoniga va fikriga hurmat bilan qaraydi. Transportda, ishxonada, turar joyda baland ovozda gapirish, telefon orqali uzoq suhbat qurish odobga to‘g‘ri kelmaydi.

Aniqlik va vaqtga rioya qilish yaponlar uchun juda muhim. Uchrashuvga kech qolish, sababsiz ishga chiqmaslik hurmatsizlik belgisi. Har kuni ishga belgilangan vaqtdan 5–10 daqiqa oldin kelish odatiy hol.

Yaponiyada ko‘chalardan tortib ish joyigacha har yerda tozalikka amal qilinadi. Ish joyida ham o‘z joyini toza saqlash, poyabzalni almashtirish, sanitar qoidalarga qat’iy rioya qilish talab etiladi.

Yaponlar taom tanlashda sog‘liq va muvozanatga e’tibor berishadi. Dasturxonda ovqat yeyish paytida shovqin qilmaslik, dasturxon anjomlarini to‘g‘ri ishlatilishi juda muhim.

Yaponiya madaniyatida bosh egib salomlashish keng tarqalgan bo‘lib, bu «ojigi» deyiladi. “Arigato gozaimasu” rahmat, “Sumimasen” uzr, “Onegaishimasu” iltimos kabi so‘zlarni ishlatish odobli inson sifatida sizga nufuz keltiradi.

Xonadonlarda ovoz balandligi cheklangan, qo‘shnilarga xalaqit bermaslik muhim. O‘z vaqtida chiqindini ajratib tashlash, suv va elektrdan tejamli foydalanish ijtimoiy madaniyatning ajralmas qismidir.

Yaponiyada ish joylarida toza va tartibli kiyinishga katta e’tibor beriladi. Ish kiyimlari berilgan bo‘lsa, ularni to‘g‘ri kiyish, dazmollab yurish zarur.

Siz Yaponiyada mehmon bo‘lib ishlaysiz. Shuning uchun ularning urf-odatlari, diniy qarashlari, milliy bayramlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishingiz muhim.

Esda tuting: Yaponlar sizga qanday muomala qilishlarini istasangiz, avvalo siz ularga shunday munosabatda bo‘ling. Samimiyat, sadoqat va hurmat orqali siz bu jamiyatda o‘z o‘rningizni topasiz.

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya