Maqola

168 14/08/2024

Ma’lumki, hozirda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida vizasiz rejim joriy qilinsa-da, ikki davlat fuqarolari chegaradan xorijga chiqish pasporti orqali o‘tishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov ikki davlat, ikki qardosh xalqni yanada jips va birdam qiladigan xushxabarni e’lon qildi.

“Bugungi kunda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi chegaralarni haqli ravishda do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ko‘prigi, deb atash mumkin. 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab ichki hujjat –fuqaro ID-kartasini taqdim etgan holda O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini kesib o‘tish tartibi amal qilayotgani buning tasdig‘idir. Xuddi shunday loyiha Qozog‘iston tomoni bilan ham muhokama qilinmoqda”, dedi Abdulaziz Komilov.

Kelajakda barcha qo‘shni davlatlar bilan ham bordi-keldi aloqalari yanada osonlashadi va kuchayishi kutilmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya