
Yekaterinburg meri Aleksey Orlov migrantlarning Rossiya jamiyatiga qanday integratsiyalashuvini qat’iy nazorat qilishni talab qildi. Mintaqa jurnalistlari bilan uchrashuvda u migrantlar mamlakat qonunlariga qat’iy rioya qilishlari va o’z an’analarini tiqishtirmasliklari kerakligini aytdi. Qoidalarni buzganlarni Orlov deportatsiya qilish kerak deb hisoblaydi.
Mer shuningdek, migrant bolalarni o’qitish masalasiga ham to’xtaldi. U, ayniqsa, birinchi sinfga kiruvchilar uchun rus tilini bilish darajasi bo’yicha federal talabni qo’llab-quvvatladi. Uning ta’kidlashicha, agar bola rus tilida gaplasha olmasa, o’qituvchining ishlashi qiyin bo‘ladi. Jeleznodorojniy kabi ba’zi tuman maktablarida migrant bolalar ko’p, bu esa alohida yondashuvni talab qiladi.
Shu bilan birga, Orlov shahar qonunga rioya qilgan migrantlar uchun moslashish va hayot uchun normal sharoitlar yaratishi kerakligini ta’kidladi.
Migratsiya siyosatini qat’iylashtirish hozirda Sverdlovsk viloyatida faol muhokama qilinmoqda. 2024-yilda migratsiya oqimi deyarli 20 baravarga oshdi. Faqat 2025-yilning birinchi choragida mintaqadan 665 nafar chet el fuqarosi deportatsiya qilindi, 767 nafariga esa kirishga ruxsat berilmadi.