
Yekaterinburgda soxta migratsiya hujjatlarini olish uchun FSB xodimiga pora berishga uringan migrant sudlandi. 120 ming rubl pora bermoqchi bo‘lgan erkak umumiy rejimdagi koloniyada to’rt yil qamoq jazosini oldi, deb xabar berdi УФСБ’ning Sverdlovsk viloyati bo’yicha matbuot xizmati.
Bundan tashqari, sud 600 ming rubl miqdorida jarima soldi – bu taklif qilingan pora miqdoridan besh baravar ko’p. U Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 291-moddasi 3-qismi — “mansabdor shaxsga katta miqdorda pora berish” bo‘yicha aybdor deb topildi.
Sudlanuvchi M.R.Davlatov hukm ustidan shikoyat qilmoqchi bo‘lgan, uning advokati esa ishda pora fakti bo‘yicha shubhalar mavjudligini ta’kidlagan. Ammo apellyatsiya sudi jazoni o’zgarishsiz qoldirdi. Boshqarmaning ta’kidlashicha, FSB xodimi «yuqori axloqiy fazilatlar»ni namoyish qilib, pulni olishdan bosh tortgan emish.
Shuni esda tutish kerakki, Rossiyada pora berish jinoiy huquqbuzarlik bo’lib, buning uchun bir necha yil qamoq jazosi olish mumkin. Yana aytish lozimki, ba’zi hollarda migrantlarni pora berishga undash va shu tariqa “podstavka” qilish hollari ham uchraydi. Shu bois huquqshunoslar muhojirlarga ehtiyot bo‘lishni, amaldorlar bilan shubhali bitimlar tuzmaslikni tavsiya qiladi.