Maqola

294 17/12/2024

Yekaterinburg shahrining Kolmogorov ko‘chasida joylashgan xorijlik fuqarolarni test qilish markazida migrantlardan iborat katta navbat paydo bo‘ldi. Ularning barchasi patent, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi, ishlash uchun ruxsatnoma yoki doimiy yashash uchun hujjat (ВНЖ) olish uchun zarur bo‘lgan pullik imtihonga yozilish uchun kelishgan, deb yozadi «e1» nashri.

Yekaterinburgdagi imtihon markazidagi navbatlar jamoatchilik e’tiborini o‘ziga tortdi. Huquqshunos Botirjon Shermuhammadning fikricha, aslida, bu holat migrantlar uchun imtihon markazlari faoliyatining noto‘g‘ri tashkil etilgani oqibatidir. Endilikda imtihonlarni o‘tkazish huquqi faqat davlat muassasalarida qolgani bois, imtihon topshirishni istagan migrantlarning oqimi ko‘p bo‘lishi va bunday navbatlar tez-tez yangiliklar lentasida paydo bo‘lishi mumkin. Chunki tizim hali to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan, deydi huquqshunos.

16-dekabr, dushanba kuni Yekaterinburgdagi markazda imtihonlarga jonli navbat orqali yozilish boshlangan. Imtihonga yozilish haftasiga atigi uch marta o‘tkaziladi, shuning uchun markazda katta navbatlar kuzatildi, deyiladi “e1” nashri xabarida. Bundan tashqari, patent olish maqsadida imtihonga yozilish uchun atigi ikki soat – 10:00 dan 12:00 gacha vaqt ajratilgan. “ВНЖ” uchun imtihonga yozilish esa atigi bir soat – 12:00 dan 13:00 gacha davom etadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, birinchi kun davomida mutaxassislar faqat 100-120 kishini qabul qilishga ulguradi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya