Maqola

400 04/03/2025

Yekaterinburgda muhojir hamkasbini urib o‘ldirib qo‘yganlikda ayblanmoqda. Ayni vaqtda uning hibsga olinishi masalasi ko’rib chiqilmoqda, deb xabar bergan Rossiya Tergov qo’mitasi mintaqaviy boshqarmasining matbuot xizmati.

Tergov versiyasiga ko’ra, 1-mart kuni 24 yoshli muhojir Ural poytaxtidagi Krasnoflotsev ko’chasida o’z avtomobilida harakatlanayotib, 63 yoshli boshqa taksi haydovchisi bilan yo‘lda janjallashib qoladi.

«Transport vositalari to’xtaganidan so’ng, ayblanuvchi to’satdan paydo bo’lgan shaxsiy adovat tufayli bosh qismiga ham ko’p zarba bergan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari natijasida keyinroq vafot etgan», – deyiladi Tergov qo’mitasi xabarida.

Ma’lum bo‘lishicha, muhojirga nisbatan ehtiyotsizlik oqibatida insonning o’limiga olib kelgan sog’likka qasddan og’ir shikast yetkazish bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atilgan. Ayblanuvchi – sobiq ittifoqdosh respublikalardan birining fuqarosi bo’lib, taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan, uning qamoqqa olinishi masalasi ko’rib chiqilmoqda, deb aniqlashtiradi boshqarma.

Tergovchilar shuningdek, loqaydlik bo’yicha tekshiruv boshlagani aytilmoqda. «Chunki chet davlat fuqarosi bo’lgan shaxs Rossiyada noqonuniy yashaganligi haqida ma’lumotlar bor. Ushbu tekshiruv doirasida migratsiya qonunchiligiga rioya qilish bo’yicha mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi)ga tegishli huquqiy baho beriladi», – deb qo’shimcha qilmoqda Tergov qo’mitasida.

«Hududiy ichki ishlar bo’limi xodimlari jinoyatni tez fursatda ochishga erishgan. ‘Yandeks.Taksi’ haydovchisiga nisbatan shafqatsizlik jazosiz qolmaydi. Tergovchilar ko’chadagi videokuzatuv kameralarining tahlili orqali gumonlanuvchining iziga chiqishgan. Jabrlanuvchi tibbiy yordam uchun o’zi murojaat qilgan va shifoxonaning reanimatsiya bo’limiga yotqizilgan. Afsuski, shifokorlar haydovchini qutqara olmadi», – deb jurnalistlarga ma’lum qilgan mintaqa IIB matbuot xizmati rahbari Valeriy Gorelix.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya