45 25/04/2024

Ichki ishlar boshqarmasining Yekaterinburg shahridagi bo‘limi mushtlashuv yuzasidan tekshiruv olib borilayotganini va huquqbuzarlar qonunda belgilangan javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.

Ta’kidlash joizki, 2024-yilning boshidan buyon Yekaterinburgdan 636 migrant sud orqali mamlakatdan chiqarib yuborilgan. O‘tgan haftaning o‘zida 184 nafar O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari mamlakatdan “deport” qilingan.

Tekshiruvlar davom etmoqda. Ayni kunlarda Yekaterinburgning Berezovskiy sanoat hududida 98 nafar muhojirlar tekshirilib, 11 nafarida migratsiya qonunchiligini buzish holatlari aniqlangan. Ular sud orqali mamlakatdan chiqarib yuborilishi kutilmoqda.

E’tiborli tarafi, Yekaterinburgdagi migrantlarga tekshiruvlarda millatchilik ruhidagi “Russkaya obshina” deb nomlanuvchi guruh ham aralashgan.

⚠️ Eslatib o‘tamiz, aynan shu faollar bilan birgalikda Yekaterinburgda o‘tkazilgan tekshiruvda migrantlar “g‘oz yurish” qilib tahqirlangan edi. Voqea xalqaro e’tiborga tushib, mazkur hodisa bo‘yicha keskin munosabatlar bildirilgan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация