
2025-yil 12-oktyabrdan boshlab Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlardan kelganlar uchun yangi elektron tizim ishga tushirildi. Bu Entry Exit System – Kirish Chiqish tizimi (EES) deb ataladi, deb e’lon qildi Yevropa Komissiyasi.
Endi Shengen hududining 29 ta davlatidan (jumladan, Fransiya, Germaniya, Italiya va boshqalar) biriga birinchi marta kirayotgan Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlarning barcha fuqarolari ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida suratga olinib, barmoq izlari olinadi va pasport skanerdan o‘tkaziladi. Tizim kirish va chiqish sanasi va joyi, shuningdek, ilgari kirish rad etilgan holatlar qayd etiladi.
Yangi tizim Yevropaga qisqa muddat qolish uchun — olti oylik muddatga 90 kungacha kelganlar uchun amal qiladi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bu tizimni bosqichma-bosqich, olti oy davomida joriy qiladi. 2026-yil 10-apreldan boshlab EES tizimi chegarachilar tomonidan pasportlarni qo‘lda muhrlashning eski usulini to‘liq almashtiradi.
Yevropa Komissiyasiga ko‘ra, yangi tizim chegara nazoratini yaxshilashga, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishga, muddatidan oshib ketgan yoki soxta hujjatlardan foydalanayotgan shaxslarni aniqlashga yordam beradi.