
Federal sud ijrochilari xizmati (ФССП) matbuot xizmati ma’lumotlariga ko’ra, 2025-yilning dastlabki sakkiz oyida Rossiyadan 35 mingga yaqin xorijlik va fuqaroligi bo’lmagan shaxs deportatsiya qilingan.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning shu davrida, ya’ni 2024-yilning yanvaridan avgustigacha 55 mingga yaqin odam deportatsiya qilingan edi. Demak, bu yilgi raqam uchdan birga kamaygan.
Boshqa davrlarni taqqoslash:
2024-yilning yanvaridan apreligacha 21,7 ming kishi deportatsiya qilindi;
2025-yilda xuddi shu davrda 19 100 kishi deportatsiya qilingan (12 foizga kamaygan).
2024-yilda Rossiyadan jami 88 ming migrant deportatsiya qilingan.
Prezident farmoniga ko‘ra, barcha migrantlar 2025-yil 10-sentabrgacha Rossiyada hujjatlarini to‘ldirishlari yoki tark etishlari kerak edi. Aks holda ular deportatsiya qilinardi. 2025-yilning 5-fevralidan boshlab mamlakatda yangi rejim amal qilmoqda: noqonuniy migrantlar endi maxsus ro‘yxatga kiritiladi va MVD ularni sud qarorisiz ham deportatsiya qilishi mumkin.
Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda Rossiyaga 6 milliondan ortiq muhojir kelgan, ularning yarmi ishlash uchun. Ushbu muhojirlar ko’pincha:
O‘zbekiston (23,3%),
Tojikiston (16,7%),
Qirg‘iziston (10,4%),
Belarus (9,5%) davlatlaridan kelgan.
Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov sentabr oyida Rossiya migratsiyaga munosabatini o‘zgartirayotganini aytdi. Endi rasmiylar muhojirlar faqat ishlashi, pul topishi va qaytib ketishini istamoqda. Vazirning soʻzlariga koʻra, Rossiya muhojirlarning oilalariga gʻamxoʻrlik qilish va ularning farzandlarini maktablarda oʻqitish masʼuliyatini oʻz zimmasiga olmasligi kerak.