
Xanti-Ma nsi avtonom okrugida migratsiya qonunchiligi buzilishlarini aniqlash bo’yicha o’tkazilgan reydlar natijalari umumlashtirildi. Tekshiruvlar Yugra politsiyasi xodimlari tomonidan Rossiya Milliy gvardiyasi askarlari ko’magida o’tkazildi.
Tekshiruvlar qurilish maydonchalarida, bozorlarda, sanoat zonalarida va chet el fuqarolari yashaydigan joylarda o’tkazildi. Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko’ra, reydlar davomida 1397 ta ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan.
2026-yilning dastlabki ikki oyida mintaqadan 259 nafar chet el fuqarosi “vidvoreniye” qilindi. Olti nafar shaxsga nisbatan deportatsiya to’g’risida qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasiga kirishni rad etish to’g’risida 507 ta qaror qabul qilindi.
Tekshiruv natijalariga ko’ra 156 ta jinoiy ish qo’zg’atildi.
2026-yil boshidan beri chet el fuqarolarini Rossiyadan deportatsiya qilish bo’yicha jami 399 ta qaror qabul qilindi.