760 01/01/2025

«Суверенная экономика» tahririyati tahliliga ko‘ra, 2024-yilda Rossiya mehnat bozorining voqeligi timsoliga aylangan kasb kuryerlik bo‘ldi. Ikki g‘ildirakli transport yoki hatto piyoda harakatlanib, ular nafaqat slesar kabi ishchi mutaxassisliklarning vakillarini, balki dasturchilarni ham ortda qoldirdi. Iqtisodiyotning o‘sish lokomotivi bo‘lgan real sektorda, shuningdek, boshqa sohalarda kadrlar yetishmovchiligi «hushtak chalinayotgan» bir paytda, yetkazib berish sohasida 1,5 millionga yaqin kishi band bo‘lib, u triggerga aylandi va turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Shu bilan birga, muammoning aniq yechimi topilmadi. Faqat ayrim siyosiy doira va ekspertlar tomonidan takliflar berilgan, xolos. Yetkazib berish xizmati boshqa sohalardan kadrlarni o‘ziga tortib olishda davom etmoqda. Ammo bu kuryerlarning Rossiya iqtisodiyotidagi roli va haqiqiy hissasi qanday ekaniga aniq javob berilmadi. Yetkazib berish xizmati fenomeni mahalliy mehnat bozori transformatsiyasidagi barcha muammolarni ko‘rsatib bermoqda.

Shuningdek, ekspertlar elektron tijoratning yaqinlashib kelayotgan o‘sishini prognoz qilmoqda. Bu yerda an’anaviy savdoga nisbatan bir qator afzalliklar mavjud. Shu sababli, yetkazib berish sohasi ham o‘sishda davom etadi. Jamiyat har qanday narsani uyga olib kelib berishga o‘rganib qolgan, hatto bu hayotiy zarurat bo‘lmasa ham. Bugungi kunda kuryer yoki taksist bo‘lib ishlash talabalar uchun qo‘shimcha daromad manbai emas, balki kommunal xizmatlar, qurilish va boshqa sohalardagi sobiq xodimlar uchun asosiy ish turiga aylanmoqda.

Kuryerlik xizmatlarini ayblash kerakmi? Bir qarashda, go‘yoki yo‘q. Axir, hujjatlarda bizda bozor iqtisodiyoti bor, deyilgan. Ammo chuqurroq o‘ylab qaralsa, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar davlat sektori yoki sanoatga qaraganda ancha yaxshiroq ekani ma’lum bo‘ladi. Bu o‘zini o‘zi band qilganlar uchun sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lib, ayrim tadbirkorlar bundan foydalanmoqda. Soliq yukining kamayishi ish beruvchilar va xodimlar uchun ish haqlarini oshirish imkonini beradi. Biroq, ish haqingizga ob-havo to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilishi savollarni keltirib chiqaradi. Masalan, o‘qituvchilar darsga yomg‘irda kelgani uchun ularning oyligi oshirilishini tasavvur qilish qiyin. Shu sababli maktablar, zavodlar va kasalxonalar yetkazib berish xizmatlari bilan kadrlar uchun raqobatlasha olmaydi, chunki ular ancha «moslashuvchan ish sharoiti» va yuqori ish haqini taklif qiladi.

2025-yilda yilning eng muhim kasbi yana kuryer yoki taksistga aylanmasligi uchun elektron tijoratga bosim o‘tkazish yoki ular bilan ish haqi bo‘yicha poyga o‘tkazishning hojati yo‘q (amaliyot ko‘rsatganidek, buni yutqazish aniq). Kuryerlik ishini kamroq foydali qilish zarur. Bunga ushbu faoliyat turini yanada aniqroq tartibga solish va o‘zini o‘zi band qilganlarning undagi ishini cheklash orqali erishish mumkin.

«Суверенная экономика» tahririyati

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya