310 20/06/2024

Seuldan Kaliforniyaga uchayotgan koreyalik ayol 4 oylik chaqalog‘i bilan yo‘lovchilarga xalaqit qilmaslik uchun noodatiy yo‘l tutdi. U har bir yo‘lovchiga shovqinga qarshi quloq tiqinlari, shirinliklar va quyidagi so‘zlar yozilgan 200 ta paketcha tarqatib chiqdi:

“Salom! Mening ismim Jun Vu, men 4 oylikman. Bugun men onam va buvim bilan AQSHga xolamni ko‘rish uchun uchib ketyapman. Bu mening birinchi parvozim bo‘lgani uchun biroz asabiylashishim va yig‘lab yuborishim mumkin.

Men xotirjam bo‘lishga harakat qilaman, lekin hech narsa va’da qila olmayman. Iltimos meni kechiring. Onam siz uchun bu paketchada shirinliklar va quloq tiqini solib qo‘ygan. Agar juda shovqin qilsam, ulardan foydalaning. Sayohatingiz xayrli kechsin. Rahmat!”

Biroq, ona behuda tashvish qilgan ekan: Jun Vu o‘zini namunali yo‘lovchi kabi tutdi va parvozning butun 10 soatini uxlab o‘tkazdi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya