Maqola

427 10/07/2025

Rossiyaga Hindistondan 1 millionga yaqin mehnat muhojiri olib kelinishi rejalashtirilgan. Bu haqda Ural Savdo-sanoat palatasi rahbari Andrey Besedin ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijlik ishchilar, ayniqsa, Uraldagi korxonalarda mutaxassislar yetishmasligini bartaraf etishga yordam beradi.

Hindistonliklardan tashqari Shri-Lanka va Shimoliy Koreya fuqarolari ham ishga taklif qilinishi mumkin. Besedinning aytishicha, Rossiya zavodlari hozirda Ukrainadagi harbiy amaliyot va import o‘rnini bosish dasturi tufayli ishlab chiqarishni kengaytirmoqda. Biroq, ishchilar yetishmovchiligi mavjud. Ba’zi rossiyaliklar frontga ketgan bo‘lsa, yoshlar, rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, zavodlarda ishlashni xohlamaydi.

Besedin Hindiston bilan kelishuvlarga erishilganini qayd etgan. U 2025-yil oxirigacha bir millionga yaqin hindistonlik mutaxassislar Rossiyaga kelishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Yekaterinburgda Hindistonning yangi Bosh konsulligi ochilayotgani ma’lum bo‘ldi. U migratsiya masalalari va hind ishchilarining kelishi bilan shug‘ullanadi.

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya