“Победа” aviakompaniyasi samolyoti bortda yo‘lovchi halok bo‘lgani sababli Ulyanovskda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
“112” Telegram-kanalida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 44 yoshli yo‘lovchining ismi Odiljon bo‘lgan. U Vnukovo aeroportida o‘zini yomon his qilgan, biroq birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan keyin parvozni davom ettirishga qaror qilgan. U bilan birga kelini va nabirasi ham bor edi.
Parvoz vaqtida yo‘lovchining ahvoli og‘irlashgan: u ko‘krak qafasida qattiq og‘riqni his qilgan. Qarindoshlar va ekipaj tibbiy yordam ko‘rsatishga harakat qilishgan va samolyot Ulyanovskka qo‘ngan. Biroq, u yerga yetib kelgan shifokorlar bemor o‘lganini qayd etishdi.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Jasad samolyotdan olib tushirilganidan so‘ng, samolyot Samaraga yo‘nalishini davom ettirgan.