
Sankt-Peterburgda migrant-taksichi qariya ayolni firibgarlardan qutqarib, haqiqiy qahramonga aylandi. Buyurtma bo‘yicha kelgan Akmal Abdullayev yoshi katta ayol telefonda doimiy suhbatlashib, bankka pul o’tkazishga urinayotganini payqagan. Shundan keyin ayolni firibgarlar aldayotganini gumon qilib, hech qayerga olib bormaslikka qaror qilgan. Natijada ko‘chadagi ayollarning qo‘shnilariga murojaat qilib, yordam so‘ragan va keksa ayolni qutqarib qolgan. Shu tariqa keksa ayol muhojir taksichining yordami tufayli firibgarlarga aldanmay qoldi.
«Uni zombiga aylantirishgan, qo‘lida telefon. Hozir unga aytilgan hamma narsani qiladi», deydi migrant qo‘shnilarga murojaat qilib. Voqeaning videosi internetda keng tarqalmoqda.
Telefon firibgarlarining ta’siriga tushgan keksa peterburglik ayol taksi mashinasiga o’tirib, Buxarest ko‘chasidagi bank bo‘limiga bormoqchi bo‘lgan. Bu haqda migrant-taksichi Akmal Abdullayev 78.ru bilan suhbatda aytib o‘tdi.
Yo‘lovchi keksaning rangi oqarib ketgani va keksa ayol uchun taksini qarindoshlar emas, balki begona odam chaqirgani muhojirning e’tiborini tortgan.
— Buyurtma faqat bir tomonga edi. Men nimadir g‘alati ekanligini darrov tushundim. Keksa ayolning telefoni tinmay jiringlardi, kimdir unga nima qilish kerakligini buyurib turardi, — deb eslaydi Abdullayev.
Muhojir keksa ayol bankka bormoqchiligini eshitgach, unga oilasi bilan bog‘lanishni va qo‘ng‘iroqlarga javob bermaslikni taklif qilgan.
Shundan keyin taksichi qariyaning qo‘shnisini ko‘rib, unga vaziyatni tushuntirgan va qurbonga aylanishi mumkin bo‘lgan ayolning qarindoshlarini izlay boshlagan.
— Mening hamkasbimda xuddi shunday vaziyat bo‘lgan edi. Bir paket pul bilan bir keksa erkak uning mashinasiga o‘tirib, jimgina bir nuqtaga qarab yo‘lda ketgan. Tanishim keksa erkak uchun buyurtma berilgan manzilga emas, politsiya bo‘limiga borgan, — deb yakunlaydi fikrini Abdullayev.