737 21/05/2026

Moskva kasalxonalaridan birida farrosh boʻlib ishlagan Aygerim ismli 33 yoshli qirgʻizistonlik ayol oʻldirildi. U va ikki nafar Qirgʻiziston fuqarosi Lyublinskaya koʻchasidagi uyda ikki xonali xonadonda ijarada yashagan.

Ayolni oxirgi marta 8-may kuni kechki soat sakkizlar atrofida «Marino» metro bekati yaqinida koʻrishgan. Taxminan bir soatdan keyin yoʻlakdagi kameralar uning uyga kirganini qayd etgan. Shundan soʻng Aygerim aloqaga chiqmay qoʻygan.

12-may kuni opasi uni qidirib xonadonga kelganda uyda ijarachilardan biri boʻlgan. Oʻshanda qarindoshi shubhali hech narsa sezmay, qaytib ketgan. 18-may kuni yaqinlari batafsil tekshirish uchun yana shu manzilga qaytishgan. Ular marhumaning jasadini divan ichidagi choyshab saqlanadigan qutidan topishgan.

Ayol polietilen paketlarga oʻralgan va skotch bilan bogʻlangan edi. Boʻynida kesilgan jarohat boʻlgan, qoʻl panjalarida esa himoyalanishga urinishdan qolgan izlar boʻlgan.

Politsiyachilar xonadondan uchta pichoq topishgan, ulardan ikkitasida qon izlari boʻlgan. Shuningdek, u yerda skotch oʻramlari, qaychi va polietilen topilgan. Politsiya xodimlari 31 yoshli ijarachi erkakni qoʻlga oldi. 30 yoshli ikkinchi ijarachi 11–12-may kunlari xonadonni tark etgan. Uning Qozogʻistonga ketgan boʻlishi ehtimoli bor. Moskva Tergov qoʻmitasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatdi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya