398 17/12/2024

Tuva markazi Qizil shahrida ijtimoiy tarmoqlarda migrant sababli bir qiz OIV infeksiyasiga chalingani haqida tarqalgan soxta xabarlar tufayli migrantlarga hujumlar uyushtirildi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi РИА Новости.

Qayd etilishicha, hujum natijasida savdo bazasida ishlayotgan bir necha muhojir jarohat olgan. Holat yuzasidan bezorilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Huquq-tartibot idoralari mahalliy aholi bo‘lgan uch nafar gumonlanuvchini qo‘lga oldi, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deyiladi xabarda.

Hukumat vakillari mahalliy aholi g‘azabining sababi – migrantning qizga hujum qilgani va natijada uning go‘yoki OIV bilan zararlangani haqidagi “provokatsion mish-mishlar” ekanini bildirdi. Shuningdek, Tuva respublikasi hukumati aholiga bunday provokatsiyalarga uchmaslik va noqonuniy harakatlardan tiyilishni so‘ragan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya