
Jamoat transportidan foydalanuvçi har bir yölovçi yölkira haqini öz vaqtida tölaşi kerak. Ayniqsa, Rossiyada vaqtinça işlab yurgan xorijliklar bu talabga jiddiy munosabatda bölişi zarur.
Yölkirani tölaş uçun avtobus, tramvay yoki boşqa jamoat transportidagi validatordan foydalaniladi. Tölov usuli şahar va transport tizimiga qarab farq qiladi: transport kartasi, bank kartasi yoki elektron tölov vositalaridan foydalaniş mumkin.
Şaharlarda yölkira qança?
2026-yilda yölkira narxlari şaharlarga qarab bir-biridan farq qiladi.
Moskvada «Troyka» kartasining «Koşelyok» tarifi böyiça metro yoki yer usti transportida bir marta yöl haqi 75 rubl. Bank kartasi bilan tölov qilinganda esa 83 rubl tölanadi. 90 daqiqa içida transport turlari örtasida belgilangan tartibda peresadka qilinsa, tarif 112 rublni taşkil etadi.
Sankt-Peterburgda 2026-yil 1-yanvardan umumiy tarif böyiça bir martalik yölkira 88 rubl. «Podorojnik» elektron bileti bilan bir safarlik tarif 65 rubl etib belgilangan.
Novosibirskda 2025-yil 24-dekabrdan şahar munitsipal avtobus, tramvay va trolleybuslarida bir safarlik tarif 45 rubl, metropolitenda esa 48 rubl etib belgilangan.
Yekaterinburgda elektron hamyon orqali avtobus, tramvay, trolleybus yoki metroning bir safarlik tarifi 40 rubl. 60 daqiqalik elektron peresadka bileti 63 rubl etib belgilangan. Metropolitenda bir martalik safar ham 42 rubllik tarif asosida amalga oşiriladi.
«Bir marta tölamasam nima böladi?» — degan fikr xato
Ayrim migrantlar nazoratçilarni körmasligiga umid qilib, yölkirani tölamasdan yurişga harakat qiladi. Bunday holat nafaqat jarimaga, balki migrantning Rossiyadagi huquqiy holatiga ham salbiy taʼsir qilişi mumkin.
Masalan, Moskvada 2026-yil 9-yanvardan yölkirasiz yuriş uçun jarima 5 ming rubl etib belgilangan.
Sankt-Peterburgda esa 2025-yil 22-iyundan yölkirani tölamasdan yuriş uçun fuqarolarga 1500 rubl jarima belgilangan.
Jarimani ham belgilangan muddatda tölamaslik qöşimça muammolarni keltirib çiqarişi mumkin. Masalan, Rossiya KoAPining tegişli moddasiga köra, maʼmuriy jarimani belgilangan muddatda tölamaslik jarimaning ikki baravari miqdorida yangi jarima, maʼmuriy qamoq yoki majburiy işlarga olib kelişi mumkin.
Migrantlar uçun yana bir muhim ogohlantiriş
Rossiya qonunçiligida xorijlik fuqaroning bir yil davomida ikki yoki undan ortiq marta muayyan turdagi maʼmuriy javobgarlikka tortilişi keyinçalik Rossiyaga kirişni taqiqlaş uçun asos bölişi mumkin. «Rossiya Federatsiyasiga kiriş va undan çiqiş tartibi töğrisida»gi qonunda jamoat tartibi, xavfsizlik, migratsiya rejimi yoki mehnat faoliyati bilan boğliq huquqbuzarliklar böyiça takroriy maʼmuriy javobgarlik holatlari nazarda tutilgan. Bunday taqiq oxirgi qaror kuçga kirgan kundan boşlab 5 yilgaça amal qilişi mumkin.
Şuning uçun migrant uçun «yölkira puli arzon-ku, tölamasam ham böladi» degan qaraş xavfli. Ozgina pulni tejaşga uriniş katta jarima, qöşimça huquqiy muammolar va ayrim holatlarda Rossiyaga qayta kirişda taqiq bilan tugaşi mumkin.
Bundan taşqari, jamoat transportida qoidalarga rioya qilmaslik ayrim migrantlarning xatti-harakatlari tufayli özbekistonliklar va boşqa xorijliklar haqida salbiy fikrlar paydo bölişiga sabab bölişi mumkin. Şuning uçun Rossiyada mehnat qilayotgan har bir migrant nafaqat özining, balki öz yurtidan borgan boşqa fuqarolarning ham obrösini hisobga olib, qonun va jamoat tartibiga rioya qilişi muhim.
Eng oddiy qoida: avtobusga çiqdingizmi — yölkirani tölang. Validatordan tölov ötganini tekşiring va safarni qonuniy amalga oşiring.