243 23/02/2024

Rossiyaning Buryatiya Respublikasidagi Xorijlik fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida O‘zbekiston fuqarosi Maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etish istagini va Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzish niyatini bildirgan. Bu haqida Buryatiya bo‘yicha inson huquqlari ombudsmeni Yuliya Jambalova xabar bergan.

Inson huquqlari ombudsmeni Buryatiyadagi xorijliklarni saqlash markaziga “Turon” nomli o‘zbeklar diasporasi rahbari bilan birga tashrif buyurgan. Diaspora rahbari ham, obmudsmen ham migrantlar uchun chiqishlar qilgan. Markazdagi O‘zbekiston fuqarolaridan biri Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzish istagini bildirib, yo‘l-yo‘riq olgan.

Xorijliklarni saqlash markazlarida qanchalik Maxsus operatsiyada ishtirok etish bo‘yicha targ‘ibot bo‘layotgani aniq emas. Ammo bunday xabarning mavjudligi migrantlarga yollanma askar bo‘lib, boshqa davlatning harbiy operatsiyalarida ishtirok etish o‘z vatanlarida jinoiy javobgarlikka olib kelishini eslatib qo‘ymoqchimiz.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari JKning 154.1-moddasiga ko‘ra сhet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollangani uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bundan tashqari yollanma askar bo‘lganlar 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

❗️ Tojikiston Respublikasi fuqarosi bo‘lsangiz Tojikistonda 12 yildan 20 yilgacha qamoq jazosiga tortilasiz.

❗️Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari Qirg‘iziston qonunlariga ko‘ra 7 yildan 15 yilgacha qamoq jazosiga tortiladi.

❗️Qozog‘iston qonunlariga ko‘ra Qozog‘iston fuqarolari 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация