
Sankt-Peterburg politsiyasi Vasilevskiy orolidagi yotoqxonada muhojirlar o‘rtasidagi katta mushtlashuvdan so‘ng ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi.
Voqea 21-avgust kuni kechqurun Bolshoy prospektida sodir bo‘lgan. Zinapoya yo‘lagida bo‘lgan mushtlashuvda 35 ga yaqin kishi qatnashgan, ularning aksariyati migrant.
Politsiyaga ko‘ra, hammasi qo‘shnilar o‘rtasidagi kelishmovchilikdan boshlangan. Boshlangan janjalga boshqa qo‘shnilar ham qo’shilgan.
Oradan ikki kun o‘tib, 23-avgust kuni Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi shu yotoqxonada yashovchi ikki ishtirokchi – 27 va 38 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Ular ichki ishlar bo‘limiga olib ketilib, “Bezorilik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.