
Yugrada Rossiya fuqaroligi bo’lmagan migrantlar endi bola tug’ilishi uchun bir martalik mintaqaviy to’lovni ololmaydi. Bu haqda viloyat gubernatori Ruslan Kuxaruk Yugra aholisi bilan jonli efirda e’lon qildi.
«Qo’llab-quvvatlash choralari mintaqamiz aholisiga – bu yerda o’qiyotgan, ishlayotgan, oila qurayotgan va avtonom okrug rivojiga katta hissa qo’shayotganlarga qaratilgan bo’lishi kerak», dedi u.
Bu 20 000 rubllik «Yugrada o’syapman» kartasiga tegishli. Ilgari hatto fuqaroligi bo’lmagan chet elliklar ham uni olishlari mumkin edi.
Eslatib o’tamiz, 2026-yildan boshlab Xanti-Mansi avtonom okrugidagi migrantlarga kuryer, meva terish va baliqchi sifatida ishlash ham taqiqlanadi. Ushbu taqiq o’tgan yilning dekabr oyida Yugra gubernatori tomonidan tasdiqlangan migrantlar uchun taqiqlangan kasblar ro’yxatini kengaytiradi.