Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi (Yugra)da 2024-yili tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ism Muhammad bo‘ldi, deb xabar bermoqda Yugra ZAGS bo‘limining onlayn-reyestri.
2024-yilda bu ism 342 nafar o‘g‘il bolaga berilgan. Muhammad ismi boshqa ismlardan ancha ilgarilab ketgan. Eng ko‘p berilgan ismlar qatorida ikkinchi o‘rinni Mixail ismi egallagan bo‘lib, Yugrada tug‘ilgan 246 nafar o‘g‘il bolaga shu ism berilgan.
Yugrada qizlar orasida eng mashhur ism esa Sofiya bo‘lgani aytilmoqda. Mashhur ismlardan tashqari, Yugra ZAGS bo‘limi 2024-yilda ro‘yxatga olingan eng noodatiy ismlar ro‘yxatini ham taqdim etgan. O‘g‘il bolalar berilgan noodatiy ismlar orasida Daniel, Ural, Miloslav, Salavutdin va Mukail, qizlarga qo‘yilgan noodatiy ismlar esa Muqaddasbegim, Nyuryupat, Daniela, Lada va Stefanya qayd etilgan, deb yozadi «Baza» telegram kanali.