
Rossiyaning Yugra mintaqasi Uray shahrida yashovchi bir ayol ikki migrantni haqorat qilgani uchun 15 ming rubl jarimaga tortildi.
Ish materiallariga ko‘ra, ikki kishi bolalari bilan dengiz sohili bo‘ylab sayr qilib yurgan vaqtda, ularga notanish bir ayol duch keladi. Unga migrantlarning o‘z ona tillarida gaplashgani, unga bir marta qaragani yoqmagan.
Ayol shundan so‘ng ularni haqorat qilishga o‘tadi — qabih so‘zlar ishlatib, ularning tashqi ko‘rinishi va teri rangiga nisbatan salbiy gaplar aytadi.
Bu voqeadan so‘ng unga ma’muriy ish ochildi. Sud qaroriga ko‘ra, u 15 ming rubl miqdorida jarima to‘lashga majbur qilindi.
Ayolning bu harakati ijtimoiy tarmoqlarda ham keskin tanqid qilindi. Ko‘pchilik uning bunday adolatsiz munosabatini qoralab, migrantlarning bu yerda tinch yurganini va hech kimga xalal bermaganini ta’kidlagan.
“Nega bunday muomala qildingiz?”
“Migrantlar ham bu yerda yashashga haqli. Ular hech kimni bezovta qilmayapti”, — deb yozadi mahalliy aholi.