
Nijnevartovskda militsiya xodimlari qurilish obyektlari, bozorlar, sanoat zonalari va xorijliklarning yashash joylarida keng ko‘lamli tekshiruvlar o‘tkazdi. Bu haqda tuman IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Idora maʼlumotlariga koʻra, ular asosiy eʼtiborni chakana savdo maydonchalari va qurilish obyektlari, shuningdek, chet el fuqarolari yashaydigan turar joylarga qaratgan. Natijada politsiya migratsiya qoidalarini buzgan 36 ta holatni qayd etdi va ma’muriy protokollar tuzdi.
Bundan tashqari, tumanda noqonuniy bo‘lgan 41 nafar shaxs tez orada deportatsiya qilinishi mumkin. Sud qarori chiqquncha ular Surgutdagi xorij fuqarolari uchun ixtisoslashtirilgan vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.