
Xanti-Mansi avtonom okrugida Rossiyaning migratsiya qonunchiligini buzgan 244 nafar chet el fuqarosi deportatsiya qilindi.
Deportatsiya qilinganlar asosan O‘zbekiston (82), Tojikiston (63) va Ozarbayjon (40) fuqarolari bo‘lgan. Qonunbuzarlar roʻyxatida Qirgʻiziston, Kamerun, Kuba va Xitoy fuqarolari ham bor. Sud maʼlumotlariga koʻra, muhojirlarning aksariyati Rossiyada qonuniy asoslarsiz pul ishlash maqsadida boʻlgan.
Ularning barchasiga Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 18.8-moddasi — kirish yoki bo‘lish qoidalarini buzish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Jarima qo’ygandan so’ng, sud majburan deportatsiya qilish to’g’risida buyruq chiqardi. Muhojirlar vataniga jo‘natilishidan oldin maxsus vaqtinchalik saqlash hibsxonalarida ushlab turilgan, u yerdan sud ijrochilari ularni chegara o‘tkazish punktlariga kuzatib qo‘ygan.
Yugra federal sud ijrochilari xizmati maʼlumotlariga koʻra, Surgut maxsus markazida 77 nafar xorijlik qolib, deportatsiya boʻyicha sud qarorlari kuchga kirishini kutmoqda.