161 27/05/2024

⚡️Vladimir Putin mamlakat hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasida munosib sharoit yaratish maqsadida barcha imkoniyatlarni ishga solishiga va’da berdi.

Bu haqda bugun, 27-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunlarida ma’lum qilindi.

“Rossiyada milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi yashab, mehnat qilmoqda. Biz ular Rossiya iqtisodiyotini, ayniqsa, qurilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi, transport va logistika kabi jadal rivojlanayotgan tarmoqlarni rivojlantirishga qo‘shayotgan salmoqli hissasini yuksak qadrlaymiz.

Rossiya hukumati biz bilan ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga munosib mehnat sharoitlari va ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun barcha zarur ishlarni qilmoqda va qiladi, biz migratsiya sohasidagi barcha dolzarb masalalar bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikni davom ettiramiz”, deydi Rossiya Prezidenti.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya