Maqola

177 18/10/2024

Kasblar bo‘yicha «ВНЖ» (yashash uchun ruxsatnoma) berish bir yildan buyon tugatilganiga qaramay, Vyacheslav Volodin shifokorlar va o‘qituvchilarga kasblari tufayli soddalashtirilgan tartibda “ВНЖ” berishni to’xtatishni talab qilmoqda.

Rossiya parlamenti – Dumaning plenar majlisida noqonuniy migratsiya uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid ikki qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonunlarni qabul qilinishi vaqtida spiker Vyacheslav Volodin Rossiya Mehnat vazirligi va Ta’lim vazirligi tomonidan sog‘liqni saqlash hamda ta’lim sohasida kadrlar yetishmovchiligi muammolari qanday hal qilayotganini muhokama qilishni taklif qildi.

-Bu sohalarga migrantlarni jalb qilish ma’qulmi? Balki, o‘z bitiruvchilarimizni shu yerda ishlashlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishimiz kerakdir? deb so‘ragan spiker nutqi davomida. U sog‘liqni saqlash hamda ta’lim kabi yo‘nalishlarni soddalashtirilgan tartibda doimiy yashash ruxsatnomasini oluvchi kasblar ro‘yxatidan chiqarishni talab qildi.
Avvalroq Volodin Rossiya Mehnat vazirligidan xorijliklarga soddalashtirilgan tartibda “ВНЖ” berish mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxatini asoslab berishni so‘ragan edi.

Eslatib o‘tish joizki, soddalashtirilgan tartibda yashash uchun ruxsatnoma – “ВНЖ” berish 2023-yil 26-oktyabrgacha amal qilgan. 2023-yil 26- oktyabrdan esa «Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonuniga kiritilgan o’zgarishlar kuchga kirgan. O’zgarishlarga ko’ra, xorijlik malakali mutaxassislarga Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish huquqi ko‘zda tutilmagan. Bu esa bevosita “Rossiyada xorijlik fuqarolarning huquqiy holati haqidagi” qonunning 8-moddasi 2-bandidagi xorijliklarga Rossiya Federatsiyasida yashash uchun ruxsatnoma berish uchun malakali kasb egasi bo’lishi kerakligi haqidagi asos tugatilganini anglatadi. Ya’ni qariyb bir yildan buyon soddalashtirilgan tartibda yuqori malakali kasb egalariga «ВНЖ» berish tartibi mavjud emas.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya